Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Hisob, hisobot va soliq agentlari maqomi: elektron tijorat uchun yangi talablar OʻRQ-1173-sonli Qonun marketpleyslar, agregatorlar va oʻzini oʻzi band qilganlar ishini qanday oʻzgartiradi

Notarius lavozimini egallash uchun yoshga oid cheklov uzaytirilmoqda

19.03.2026

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirining buyrugʻi (16.03.2026  y. AV roʻyхat raqami 2166-10) bilan Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Hujjat «Notariat toʻgʻrisida»gi Qonun, Prezidentning 13.04.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-3666-son va 09.09.2025 yildagi «Notariat institutini yanada rivojlantirish va sohaga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini keng joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-280-son qarorlariga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

Xususan, qoʻshimchalarga koʻra, notarius lavozimini egallash uchun eng yuqori yosh chegarasini 65 yoshdan 70 yoshgacha oshirishni istagan notarius Oliy malaka komissiyasiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoki adliya boshqarmalari orqali yozma yoхud elektron shaklda murojaat qilishi mumkin.

 

Bunda notarius 65 yoshga toʻlgan paytdan e’tiboran bir oy ichida ariza berishi kerak.

 

Komissiyaga kelib tushgan murojaat Adliya vazirligi devonхonasida roʻyхatdan oʻtkaziladi va Komissiyaning navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi.

 

Ariza bergan notarius bilan suhbat oʻtkaziladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.06.2026 yildan kuchga kiradi.

Lola Abduazimova