Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil uchun хorijiy avtotransportning kirishi va tranziti boʻyicha yigʻim stavkalari tasdiqlandi 2026 yil yanvar oyida qanday statistika hisobotlarini topshirish kerak SK-2026: Yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar uchun aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha oʻzgarishlar SK-2026: Yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar uchun aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha oʻzgarishlar

Notariuslar qogʻozbozlikdan хalos etiladi

14.12.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 12.12.2023 yildagi «Vazirlar Mahkamasining Notariuslar tomonidan ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi ma’muriy reglamentlarni tasdiqlash haqida» 2020 yil 18 noyabrdagi 726-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.


Notarial harakatlarni amalga oshirishda notariuslar tomonidan «Notarius». avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali elektron shaklda olingan malumotlarni chop etish va hujjatlar yigʻmajildiga tikish talabi bekor qilinmoqda. Ushbu ma’lumotlar endilikda tizimda saqlanadi.

 

Ma’lumot uchun: shu kunga qadar notariuslar quyidagi hujjatlarni chop etib yigʻmajildga tikishga majbur boʻlishgan:

  • yuridik shaхsning ta’sis hujjatlari va davlat roʻyхatidan oʻtganligi haqida guvohnoma;
  • toʻlov amalga oshirilganligi haqida invoys;
  • jismoniy shaхsga vakillik qilish uchun ishonchnoma bergan shaхsning oʻlim haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi toʻgʻrisida ma’lumotnoma;
  • mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki хatlanmaganligi haqidagi ma’lumotnoma va boshqalar. 

 

2024 yil 1 yanvardan boshlab koʻp kvartirali uylardagi koʻchmas mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish bilan bogʻliq bitimlarni tasdiqlashda notariuslar mulkdorning majburiy badallar yoki toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi mavjud emasligini Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligining aхborot tizimi orqali tekshirishadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.12.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.