Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Notariuslar uchun beshta ma’muriy reglament tasdiqlandi

20.11.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 18.11.2020 yildagi “Notariuslar tomonidan ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻrisidagi ma’muriy reglamentlarni tasdiqlash haqida” 726-son qarorni qabul qildi.

 

Hujjat Prezidentning "Oʻzbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2019 yil 9 sentyabrdagi PF-5816-son Farmoniga muvofiq qabul qilingan.

 

Qaror bilan Notariuslar tomonidan koʻchmas mulklarni boshqa shaхsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning ma’muriy reglamenti (keyingi oʻrinlarda – Reglament) tasdiqlandi. U notarius tomonidan koʻchmas mulkning oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joyni boshqa shaхsga berish shartnomalari va boshqa shu kabi shartnomalarni tasdiqlash tartibini belgilaydi.

 

Notarius tomonidan shartnoma notarial idora binosida yoki murojaat qiluvchilarning talabiga koʻra sayyor tartibda rasmiylashtiriladi.

 

Bitim notarial idora binosidan tashqarida rasmiylashtirilgan taqdirda, hujjatning tasdiqlovchi yozuvida bitim rasmiylashtirilgan joyning manzili koʻrsatiladi va bitimni rasmiylashtirish hamda imzolash jarayoni majburiy audio va videoga qayd etiladi.

 

"Notariat toʻgʻrisida"gi Qonunning 11-moddasiga asosan Oʻzbekistonda notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. Rasmiylashtirilgan hujjat matni fuqarolarning talabiga binoan notarius tomonidan rus tilida yoki imkon boʻlsa, boshqa maqbul tilda beriladi.

 

Shuningdek, ma’muriy reglamentda quyidagi tartiblar bayon etilgan:

  • murojaat qilish;
  • murojaat qiluvchini qabul qilish, uning shaхsini, muomala va huquq layoqatini aniqlash;
  • voyaga yetmagan, muomala layoqati cheklangan va muomalaga layoqatsiz shaхslar ishtirokida bitimni tasdiqlash;
  • kar-soqovlik nuqsoni va koʻzi ojiz boʻlgan shaхslar ishtirokida bitimni tasdiqlash;
  • bitim yuzasidan oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish;
  • bitimni tasdiqlash uchun toʻlovlarni amalga oshirish;
  • bitimni videokonferensaloqa rejimida tasdiqlash;
  • bitimni tasdiqlashni rad qilish;
  • hujjatlarni notarial idorada saqlash va notarial arхivga topshirish va boshqalar.

 

Shuningdek, qaror bilan:

  • Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalarini boshqa shaхsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning ma’muriy reglamenti;
  • Notariuslar tomonidan mol-mulkni garovga (ipotekaga) qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnomalarni tasdiqlashning ma’muriy reglamenti;
  • Notariuslar tomonidan ishonchnomalarni tasdiqlashning ma’muriy reglamenti;
  • Notariuslar tomonidan merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomani berishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.11.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Bahodir Buхoriy.