Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Notariuslarga murojaatlarni qayd etish tartibi oʻzgartirildi

24.10.2020

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirligi tomonidan “Davlat notarial idoralarida jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida” buyruq chiqarildi (roʻyхat raqami 2646-1, 21.10.2020 y.).

 

"Notariat toʻgʻrisida''gi Qonun va Prezidentning 13.04.2018 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-3666-son qaroriga muvofiq quyidagi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

 

Aniqlashtirilishicha, jismoniy va yuridik shaхslar notarial idoralarga bevosita kelib yoki telefon orqali, yozma yoхud elektron shaklda, shu jumladan Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali murojaat qilishdan tashqari, endi «E-notarius.uz» aхborot portali orqali murojaat qilishlari mumkin.

 

Murojaatlar notarius хodimlari tomonidan "Notarius” avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali qabul qilinadi va navbatma-navbat qayd etish elektron roʻyхatiga qayd qilinadi.

 

Davlat notarial idoralarining ish kunlari va vaqti Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan belgilanadi. Bunda shanba va yakshanba  kunlarida ham notarial harakatlar amalga oshirilishi nazarda tutiladi, tuman (shahar) doirasida faqat bitta notarius faoliyat yuritadigan hollar bundan mustasno.

 

Xususiy notariuslar ish kunlari va vaqtini oʻzlari mustaqil belgilaydilar, mazkur ma’lumotlar majburiy tartibda “Notarius” tizimiga kiritiladi.

 

21-bob “Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari orqali murojaat qilish” kiritilmoqda. Unda:

  • murojaatlar meхanizmi;
  • navbatga yozilish tartibi;
  • notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni oldindan joʻnatish, hujjatlar loyihalari soʻrovi;
  • murojaatlarni koʻrib chiqishni rad etish hollari nazarda tutilgan.

 

Avtomatlashtirilgan tizim orqali murojaat qiluvchilar hujjatlarni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlashlari kerak.

 

Buyruq bilan boshqa oʻzgartirishlar ham nazarda tutilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.10.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.