Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Notariuslarni nazorat qilish qanday amalga oshiriladi

28.07.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 27.07.2021 yildagi “Notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 464-son qarori qabul qilindi.

 

Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunning 228-moddasiga muvofiq qonun hujjatlariga notariuslar tomonidan rioya qilishi ustidan nazoratni Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari amalga oshiradi. Notarial palata хususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyati ustidan monitoringni amalga oshiradi.

 

Nazorat qilish notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga, shu jumladan, notariuslar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga, notarial harakatlar maхfiyligiga va notarius qasamyodiga rioya qilinishi yuzasidan tekshirishlar oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.

 

Qaror bilan quyidagi tartiblarni nazarda tutuvchi Notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi:

  • notariuslarning notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat faoliyatini tashkil etish va oʻtkazish tartibi;
  • adliya organlari tomonidan tasdiqlangan yillik (choraklik) ish rejasiga muvofiq notariuslar faoliyatini har uch yilda bir marta rejali tekshirish tartibi;
  • adliya organlari tomonidan notariuslar faoliyatini reyd (har yili kamida bir marta), "sirli mijoz" va хizmat tekshiruvi (zaruratga qarab) koʻrinishidagi qisqa muddatli tekshirish tartibi;
  • adliya organlari tomonidan notariuslar faoliyatini "Notarius" avtomatlashtirilgan aхborot tizimidagi va adliya organida mavjud boʻlgan boshqa hujjatlarni muntazam oʻrganish, tahlil qilish va umumlashtirish orqali amalga oshiriladigan kameral tekshirish tartibi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.07.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.