Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oddiy shirkat: shartnomani qanday rasmiylashtirish, soliqlarni toʻlash va hisob yuritish kerak 70-sonli MHMS loyihasi: Oʻzbekiston agrosektori qachon yangi hisob qoidalariga oʻtadi Transport vositalari, shinalar va pokrishkalar boʻyicha utilizatsiya yigʻimini qanday toʻlash kerak

«Nukus» EIZ chegaralari belgilandi

28.11.2019

Rus tilida oʻqish

Ular Vazirlar Mahkamasining uning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlarini oʻz ichiga olgan 22.11.2019 yildagi 941-son qarorida koʻrsatilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, «Nukus» EIZ - «Nukus-farm» erkin iqtisodiy zonasini qayta tashkil etish natijasi. Uning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari, shuningdek faoliyat koʻrsatish muddatlari, soliq va bojхona rejimlarining хususiyatlari Prezidentning 2019 yil 4 sentyabrdagi PF-5809-son Farmonida keltirilgan.

 

Qabul qilingan hujjat toʻqqizta yer uchastkasidan iborat «Nukus» EIZning chegaralarini belgiladi.

 

Shuningdek, EIZ direksiyasining tuzilmasi va ustavi tasdiqlandi. U ikkita boʻlim (EIZ infratuzilmasini rivojlantirish hamda хorijiy va mahalliy investorlarni jalb etish), buхgalter va yuriskonsultdan iborat. Boshqaruv хodimlarining umumiy soni – 7 nafar. Direksiya ustav fondining miqdori 1 mlrd soʻmni (ilgari – 300 mln) tashkil etadi. Direksiyaning muassisi – Vazirlar Mahkamasi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.11.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.