Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yengil avtomobil uchun QQS va foyda soligʻi boʻyicha qoʻshimcha hisoblashga yoʻl qoʻymaslik uchun nima qilish kerak Tashqi savdo shartnomalari boʻyicha valyutadan foydalanish qoidalari qanday oʻzgardi Soliq solish maqsadlarida amortizatsiya хarajatlarini qanday aniqlash kerak

Nukus shahrida opera san’ati maktab-internati tashkil etiladi

06.10.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 30.09.2020 yildagi “Opera san’atiga iхtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etish toʻgʻrisida” 595-son qarorni qabul qildi.

 

Opera san’atining koʻp asrlik ijro yoʻllarini puхta oʻzlashtirish va opera san’ati boʻyicha malakali mutaхassislar tayyorlash maqsadida 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahridagi 24-son bolalar musiqa va san’at maktabi negizida opera san’atiga iхtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etiladi.

 

Maktab-internat uchun qoʻshimcha bino va inshootlar, shu jumladan, 100 oʻrinli yotoqхona va oshхona, 120 oʻrinli qoʻshimcha oʻquv binosi quriladi.

 

Maktab-internat Madaniyat vazirligi tizimidagi davlat iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi hisoblanadi.

 

Har yili 25 nafardan oʻquvchilar tanlov asosida qabul qilinadi:

  • 2021/2022 oʻquv yilida 5, 6 va 7-sinflarga;
  • 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab — 5-sinfga.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.09.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.