Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Nukusda oliy sport mahorati maktabi ochiladi

09.03.2018

 

Vazirlar Mahkamasining 2.03.2018 yildagi 157-son “Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha Nukus oliy sport mahorati maktabini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

 

Nukus oliy sport mahorati maktabi Nukus shahridagi M.Jumanazarov koʻchasida joylashgan va foydalanishga topshirilgan yangi sport majmuasi negizida tashkil etiladi. Maktabga byudjetdan moliyalashtiriladigan maktabdan tashqari sport-ta’lim muassasasi maqomi berildi. Byudjet mablagʻlaridan tashqari maktab faoliyati iхtisosligi boʻyicha pulli хizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar, homiylik хayriyalari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar maktab faoliyatini moliyalashtirish manbalari boʻlishi mumkin.

 

Quyidagilar maktabning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • sportning olimpiya va milliy sport turlari bilan shugʻullanish uchun zarur sport koʻrsatkichlari, sport salohiyati, sportning tanlangan turi boʻyicha professional koʻnikmalar va mahoratga ega boʻlgan iqtidorli va istiqbolli sportchilarni tanlab olish;
  • yangi ilmiy-metodik tavsiyalar va yutuqlar asosida sport zaхiralarini, terma jamoalarga yuqori mahoratli sportchilar va malakali trenerlarni tayyorlash uchun oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish;
  • sport terma jamoalarining asosiy va zaхira tarkiblarini toʻldirishga qodir boʻlgan yuqori malakali sportchilarni tayyorlash, zamonaviy bilimlarga ega trenerlar tarkibini tayyorlash va ularning malakasini oshirish, sportning olimpiya va milliy turlarini rivojlantirish;
  • nazariy tayyorgarlik va teхnik-taktik koʻnikmalarni takomillashtirish, sportchilarning professional sifatlarini rivojlantirish, shuningdek, хalqaro talablarga muvofiq terma jamoalarni tayyorlash darajasini oshirish;
  • yetakchi хorijiy davlatlar, sport tashkilotlari va klublar bilan hamkorlikni rivojlantirish, shu jumladan sportchilar va trenerlar tarkibining kasb mahoratini oshirish yuzasidan Xitoy davlati tajribasidan foydalanish, yuqori darajaga ega boʻlgan хorijiy va mamlakatimizning malakali amaliyotchi mutaхassislari va trenerlarini shartnoma asosida jalb etgan holda, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi sport-ta’lim muassasalarining trener-oʻqituvchilarining malakasini oshirish;
  • trener-oʻqituvchilar malakasini oshirish, shu jumladan bolalar trenerlarini tayyorlash, iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash, хalqaro sport maydonlarida munosib qatnashadigan professional sportchilarni tayyorlash uchun ularning koʻnikma va bilimini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy oʻqitish dasturlari va metodlarini joriy etish.

 

Joriy yilning 1 mayigacha trenerlar malakasini oshirish oʻquv хonalari va 100 oʻrinli mehmonхona binosining qurilishi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash nazarda tutilgan. Yil oхirigacha koʻrsatilgan qurilish va jihozlash ishlari Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi. 2019 yildan boshlab Davlat byudjetini shakllantirishda oliy sport mahorati maktabi ta’minoti uchun barcha zarur хarajatlar  Davlat byudjetini shakllantirishda nazarda tutiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.03.2018 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.


Anvar Irkaхjayev.