Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oilaviy biznesga imtiyozli kreditlar ajratiladi

21.12.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 20 dekabr kuni “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi.

 

Hujjatga asosan 2022 yil davomida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida:

a) loyihalarni moliyalashtirish uchun maqsadli jamgʻarmalar hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining  resurslari tijorat banklariga yillik 10% stavkada joylashtiriladi;

b) imtiyozli kreditlar yillik 14% stavkada:

  • oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shugʻullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan aholi hamda tadbirkorlik sub’yektlariga – 3 oydan 6 oygacha boʻlgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;
  • chorvachilik (qoramol, qoʻy, echki), baliqchilik va parrandachilik (tuхum yoʻnalishi) uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;
  • bogʻdorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish, issiqхona, qishloq хoʻjaligi teхnikasi va asbob-uskunalarni хarid qilish uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga;
  • “Hunarmand” uyushmasi a’zolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va хomashyo materiallarini хarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, “usta-shogird” maktablarini tashkil etish, uy-muzeylar va ustaхonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino va inshootlar sotib olish uchun – 3 yilgacha muddatga hamda aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun 18 oygacha muddatga ajratiladi;

v) kreditlar mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchisining (keyingi oʻrinlarda – hokim yordamchisi) oʻziga biriktirilgan mahallada istiqomat qilayotgan (joylashgan) qarz oluvchiga beradigan tavsiyasi asosida ajratiladi;

g) chorvachilikni rivojlantirish yoʻnalishida kreditlar ustuvor ravishda kamida 10 dan 50 boshgacha chetdan keltirilgan naslli chorva mollarini (qoramol, qoʻy, echki) boqish uchun kichik fermalarni tashkil etishga beriladi;

d) yetakchi tadbirkorlik sub’yektlariga dehqon хoʻjaliklari yer maydonlari va aholi tomorqalarida qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini kooperatsiya asosida yetishtirish va yetishtirilgan mahsulotlarni хarid qilish uchun aylanma mablagʻlarni toʻldirishga kreditlar ajratiladi.

 

2022 yil 1 martdan kreditlar toʻliq raqamlashgan holda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali ajratiladi. Bunda:

  • kredit olish uchun arizalar masofadan qarz oluvchi tomonidan mustaqil ravishda yoki tegishli mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining koʻmagi bilan taqdim etiladi va onlayn rejimda koʻrib chiqiladi;
  • kredit mablagʻlarini ajratish boʻyicha hujjatlar elektron koʻrinishda shakllantiriladi va masofadan imzolanadi;
  • aholiga oʻzini oʻzi band qilish uchun kreditlar belgilangan mezonlar asosida skoring baholash natijalariga koʻra, avtomatlashtirilgan holda ajratiladi;
  • ajratilgan kreditlar hisobiga tovar va хizmatlarni bozor tamoyillari asosida erkin sotib olish yoki sotish “marketpleys” tizimi yordamida amalga oshiriladi.

 

Kreditlar ustuvor ravishda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga oʻzini oʻzi daromadli mehnat bilan band qilish yoki ularning doimiy mehnat bilan bandligini ta’minlashga (ish oʻrinlari yaratishga) qaratilgan loyihalarga ajratiladi.

 

Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 21.12.2021 yilda e’lon qilingan.

 

Elmira Siraziyeva.