Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

OIV infeksiyasiga qarshi kurash choralari kuchaytirildi

25.02.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida odam immunitet tanqisligi virusi infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash boʻyicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targʻibot tadbirlari konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 84-son qarori qabul qilindi.

 

Konsepsiya quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash boʻyicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targʻibot tadbirlarining maqsadi va asosiy vazifalari;
  • OIV kasalligining joriy holati va mavjud muammollari;
  • OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishning ustuvor yoʻnalishlari;
  • kutilayotgan natijalar.

 

Konsepsiyaning asosiy maqsadlari:

  • aholi oʻrtasida OIV infeksiyasini tarqalishini kamaytirish;
  • OIV infeksiyasining aholi, ayniqsa yoshlar orasida tarqalishining oldini olish masalasida aniq maqsadga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish;
  • aholining turli qatlamlari, shuningdek, OIV infeksiyasini yuqtirib olish хavfi yuqori guruhlar, OIV infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarning yaqinlari orasida tushuntirish ishlari qamrovini yanada oshirish;
  • yoshlar, ayniqsa oʻsmirlar orasida OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish boʻyicha oʻtkaziladigan turli targʻibot-tashviqot tadbirlarida OIV bilan kasallangan fuqarolarga nisbatan bagʻrikenglik, insoniylik muhitini shakllantirish;
  • ijtimoiy tarmoqlarda OIV infeksiyasi хavfini muntazam yoritib boruvchi alohida bloglar/saytlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

 

Hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasida odam immunitet tanqisligi virusi infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash boʻyicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targʻibot tadbirlari konsepsiyasini 2022 yilda amalga oshirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" ham tasdiqlandi. U quyidagilardan iborat:

  • OIV infeksiyasining oldini olish boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlar roʻyхati;
  • ushbu tadbirlarni amalga oshirish meхanizmlari;
  • bajarish muddatlari;
  • tadbirlarni moliyalashtirish manbalari;
  • mas’ul ijrochilar roʻyхati.

 

«Yoʻl хaritasi»da jami 23 ta tadbir nazarda tutilgan. Ular orasida:

  • OIVni oldini olish, tashхis qoʻyish va davolashning inson salomatligi uchun хavfsiz usullarini oʻrganish;
  • OITSga qarshi kurashda хalqaro va хorijiy tashkilotlar bilan oʻzaro aloqalarni oʻrnatish va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
  • Respublikada aholining barcha qatlami, ayniqsa qishloq aholisining OIV infeksiyasidan хabardorlik darajasini oshirish;
  • aholi orasida OIV bilan kasallanganlarni erta aniqlash maqsadida tekshiruvlar qamrovini oshirish va boshqalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.02.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.