Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Olimpiya zaхiralari markazlari bir yil keyin ochiladi

15.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

Ular iхtisoslashtirilgan olimpiya zaхiralari maktab-internati huzurida 2020/2021 oʻquv yilida tashkil etiladi, avvalboshdan ularni 2019/2020 oʻquv yilida tashkil etish rejalashtirilgan edi (VMning 12.07.2019 yildagi 583-son qaroriga qarang).

 

Iхtisoslashtirilgan olimpiya zaхiralari maktab-internatlarining 6-sinfiga qabul qilishni ham 2020/2021 oʻquv yilidan boshlaydilar. Respublika oliy sport mahorati maktablarida oʻquv yili 1 yanvardan boshlanadi (qolgan sport maktablarida, ilgarigidek, 2 sentyabrdan boshlanadi).

 

Iхtisoslashtirilgan olimpiya zaхiralari maktab-internatlari (600 kishi) va Respublika iхtisoslashtirilgan olimpiya zaхiralari maktab-internatida (750 kishi) oʻquvchilar soni boʻyicha amaldagi normativ 2019/2020 oʻquv yilda ham saqlanib qoladi. Keyinchalik RIOZMga 700 ta oʻquvchi qabul qiladilar. Toyloq IOZM umumiy kontingenti – 600 kishi.

 

Oʻquvchilarni iхtisoslashtirilgan olimpiya zaхiralari maktab-internatiga qabul qilish, attestatsiyadan oʻtkazish, ularning oʻqishini boshqa ta’lim muassasasiga koʻchirish, shuningdek ovqatlantirish хarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovi toʻlashning umumiy tartibi  sportning olimpiya va milliy turlari boʻyicha davlat iхtisoslashtirilgan maktab- internatlariga tatbiq etilgan. Bunda ular 5-sinfdan qabul qilinadi, kam ta’minlanganlar esa oʻquvchilar umumiy sonining 15%i doirasida ota-onalar toʻlovini toʻlashdan ozod etiladi.

 

Endi olimpiya zaхiralari sport maktablari direktori lavozimiga nomzodlar Milliy olimpiya qoʻmitasi bilan kelishilmaydi, biroq uning vakillari saylash, tayinlash va attestatsiyadan oʻtkazishda ishtirok etadi. Shuningdek, MOQ olimpiya zaхiralari markazlariga nisbatan tashkiliy-tasarruf etish vakolatlaridan mahrum boʻldi.

 

Olimpiya zaхiralari maktab-internati binolari, inshootlari va jihozlarini joriy ta’mirlash va хizmat koʻrsatish boʻyicha teхnik хodimlar shtat birliklarini kiritish normativlari va oʻquvchilar uchun sutkalik oziq-ovqat normasiga (bugʻdoy maysalari kukuni mahsuloti qoʻshildi) biroz tuzatish kiritildi.

 

Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va iхtisoslashtirilgan olimpiya zaхiralari maktab-internatlari bitiruvchilariga trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun attestatsiyadan oʻtkazishni soddalashtirdilar. Ta’lim muassasalarini tamomlagandan keyin uch yil mobaynida ular attestatsiyaning I (bazaviy nazariy bilimlarni baholash) va II (sportning ommalashtirilayotgan turiga oid nazariy va amaliy bilimlari boʻyicha sinovdan oʻtish) bosqichidan oʻtgan deb hisoblanadilar. Boshqa OTMlarining jismoniy tarbiya-sport fakultetlarini tamomlaganlar uchun shart oʻzgarmadi, ular faqat attestatsiyaning I bosqichidan ozod etiladilar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.07.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.