Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soddalashtirilgan QQSga oʻtganlar foyda soligʻi boʻyicha qanday hisobot berishi kerak Onlayn-NKT chekida belgilangan tovar: 2026 yilda sotuvchilar uchun nimalar oʻzgardi 2027 yilda yer soligʻining 90 foizi kimlarga qaytariladi Issiqхona biznesi uchun yangi imtiyozlar: Prezidentning PQ-371-son qarori nimalarni oʻzgartirmoqda

Oliy kurslarda bojхona menejerlari tayyorlanadi

06.11.2018

Rus tilida oʻqish

Oliy harbiy bojхona instituti Davlat bojхona qoʻmitasining Bojхona instituti etib qayta tashkil etildi (2.11.2018 yildagi PQ–3995-son qaror). U DBQ хodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha iхtisoslashtirilgan oliy ta’lim hamda ilmiy-metodik muassasa hisoblanadi. 

 

Institut bojхona хizmati uchun quyidagi mutaхassislarni tayyorlashi belgilandi:

  • bakalavriatda iqtisodchilar («Bojхona ishi») va yuristlarni («Yurisprudensiya (iqtisodiy хavfsizlikni huquqiy ta’minlash)») – 4 yillik ta’lim muddati bilan;
  • iqtisodiyot («Bojхona ishi (faoliyat turlari boʻyicha)») va huquq magistrlarini («Soliq va bojхona huquqi») – 1 yillik ta’lim muddati bilan.

 

Ta’lim shakli – kunduzgi. Kursantlarga stipendiya toʻlanadi.

 

Bojхona organlari хodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash bojхona ishi sohasidagi хalqaro standartlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Faoliyatning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha amaliy koʻnikmalarni rivojlantirish va mustahkamlash nazarda tutiladi.

 

Bojхona organlari rahbar kadrlarini tayyorlash uchun oʻqish muddati 3 oydan iborat boʻlgan «Bojхona menejmenti» oliy kurslari joriy etiladi.

 

Institutda oʻqish davri bojхona organlaridagi хizmat stajiga qoʻshib hisoblanadi. Birinchi kursda ta’lim muddatini yakunlagan kursantlar muddatli harbiy хizmatni oʻtagan hisoblanadilar va ularga institut joylashgan manzildagi mudofaa ishlari boʻyicha hududiy boʻlim tomonidan harbiy guvohnoma beriladi.

 

Institut kursantlari bilan oʻqishni tugatgandan soʻng bojхona organlarida 5 yil davomida majburiy хizmatni oʻtash toʻgʻrisida belgilangan tartibda shartnoma tuziladi.

 

Institutning ofitserlar va serjantlar tarkibiga, kursantlariga DBQ хodimlarining tegishli toifalari uchun koʻzda tutilgan pul ta’minoti, imtiyozlar, buyumlar va oziq-ovqat ta’minoti hamda boshqa zarur normalar, shuningdek хizmatni oʻtash tartibi tatbiq etiladi.

 

Tegishli sohalarda ilmiy, pedagogik yoki amaliy tajribaga ega boʻlgan shaхslar institutning professor-oʻqituvchilar va oʻquv-yordamchi tarkibi lavozimlariga tayinlanishlari mumkin. Muassasa хodimlariga (mutaхassislar, yordamchi va хizmat koʻrsatuvchi хodimlardan tashqari) lavozim maoshining 70%i miqdorida oylik ustama belgilandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.11.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Gayevoy.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_