Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili instituti ta’sis etildi

16.08.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 9 avgust kuni «Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmon imzolandi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

Hujjatda Oliy Majlis palatalarining:

  • Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili (keyingi oʻrinlarda – Bolalar ombudsmani) institutini ta’sis etish;
  • Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻrinbosari – Bola huquqlari boʻyicha vakil lavozimini tugatish haqidagi takliflari ma’qullandi.

 

Bolalar ombudsmani Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. Nomzod Oliy Majlis palatalari koʻrib chiqishi uchun Prezident tomonidan kiritiladi.

 

Quyidagilar:

  • Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha respublika idoralararo Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya (keyingi oʻrinlarda – Milliy komissiya);
  • Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) idoralararo komissiyalari tegishlicha Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalari (keyingi oʻrinlarda – hududiy komissiyalar) etib qayta tashkil qilinadi.

 

Quyidagilar Milliy komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, uning sogʻlom turmush tarzini ta’minlash;
  • bolalarning jismoniy, intellektual, ma’naviy va aхloqiy kamol topishiga koʻmaklashish;
  • bolaning ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlishining oldini olish choralarini koʻrish;
  • bolalar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida davlat dasturlari va boshqa dasturlar ishlab chiqilishini hamda amalga oshirilishini, shuningdek ularning ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish;
  • bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida koʻrilayotgan choralarni baholash, monitoring qilish va samaradorligini oshirish va boshqalar.

 

2021 yil 1 sentyabrdan quyidagilar tashkil etiladi:

  • Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyati tarkibida Bolalarni himoya qilish masalalari shu’basi;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati;
  • tuman (shahar) hokimliklarida bolalarni himoya qilish shu’balari.

 

Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyatiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatildi:

  • bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, ushbu yoʻnalishda davlat siyosatini roʻyobga chiqarishga doir chora-tadbirlarni belgilash;
  • bola huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish;
  • ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qoʻllab-quvvatlash masalalarini hal etish;
  • oilaga tarbiyaga olingan (patronat) bolalarning turmush sharoitlarini va ularning tarbiyalanishini monitoring qilish;
  • vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaхslar bilan ishlash boʻyicha davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkillashtirish, shuningdek ularning ijrosini nazorat qilish;
  • imkoniyati cheklangan bolalarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilishga koʻmaklashish va boshqalar.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya tarkibi;
  • Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalarining namunaviy tarkiblari;
  • Vazirlar Mahkamasi Bolalarni himoya qilish masalalari shu’basining tashkiliy tuzilmasi;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyatlarining hamda tuman (shahar) hokimliklari bolalarni himoya qilish shu’balarining namunaviy tuzilmalari;
  • Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi.

 

Elmira Siraziyeva.