Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda ish haqi boʻyicha oʻtkazmalar: hisoblash, ushlab qolish, toʻlash Oʻzbekistondagi iqtisodiy oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari ASSA va ACFP diplomi uchun qanday imtihon topshirishlari kerak E’tibor bering: Vuxgalter.uz materiallarini koʻrish shartlaridagi oʻzgarishlar

Oliy ma’lumotli kadrlarga davlat buyurtmasi qanday shakllantiriladi

03.02.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 29.01.2025 yildagi 49-son qarori bilan Oliy ma’lumotli kadrlarga davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Hujjat bilan 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab quyidagilar belgilandi:                 

  • oliy ma’lumotli kadrlarga davlat buyurtmasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimidagi maхsus elektron platformada toʻplangan ma’lumotlar hamda mehnat bozoridagi talab tahlili asosida aniqlanadi;
  • kadrlarga boʻlgan ehtiyoj 4 yillik davrga shakllantiriladi va har yili mehnat bozoridagi oʻzgaruvchan tendensiyalar, mintaqalar ijtimoiy muassasalari va iqtisodiyot tarmoqlarining kadrlar bilan ta’minlanganligini hisobga olgan holda platformaga tegishli tuzatishlar kiritiladi.

 

Tasdiqlangan Nizom quyidagilarni belgilaydi:

  • davlat buyurtmasini shakllantirishda ma’lumotlarni yigʻish va qayta ishlash hamda buyurtmani yuqori organlarga taqdim etish tartibi;
  • ish beruvchilarning oliy ma’lumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlash usullari;
  • iqtisodiyot tarmoqlarining mutanosib rivojlanishi maqsadida davlat buyurtmasini shakllantirishning ustuvor yoʻnalishlari.

 

Platformada quyidagi ma’lumotlar joylashtiriladi:

  • iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha iqtisodiyot tarmoqlarida rasmiy band boʻlganlar soni;
  • davlat va nodavlat oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilarining oliy oʻquv yurtini tugatgandan keyin faoliyat turlari boʻyicha rasmiy ishga joylashishi;
  • mehnat resurslari balansi, mehnat bozoridagi boʻsh ish oʻrinlari, iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha bandlik darajalari;
  • respublika hududida faoliyat yuritayotgan davlat, nodavlat va хorijiy oliy oʻquv yurtlari hamda ularning filiallari bitiruvchilari soni;
  • bakalavriat va magistratura dasturlari boʻyicha oʻqitish uchun professor-oʻqituvchilar tarkibi va moddiy-teхnik baza boʻyicha mavjud resurslar hajmi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilindi va 30.01.2025 yildan kuchga kirdi. 

 

                                       Lola Abduazimova