Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oliy sud Plenumi – endi eng yuqori instansiya emas

31.03.2017

29.03.2017 yildagi OʻRQ–421-son “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun e’lon qilindi. Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan boʻlib, 1.04.2017 yilda kuchga kiradi.

Hujjat bilan sud instansiyalari roʻyхatiga tuzatish kiritildi.

 

Birinchidan, Oliy sud Plenumi (sudyalarning umumiy yigʻilishi) endi eng yuqori sud instansiyasi hisoblanmaydi. Ilgari u nazorat tartibida aniq sud ishlarini koʻrib chiqar edi (mansabdor sudyalar va prokurorlar protestlari boʻyicha). Endi u faqat tashkiliy masalalarni hal etadi, sud amaliyotini umumlashtiradi va qonunchilikning qoʻllanilish tartibi haqida tushuntirishlar beradi.

 

Oliy sud Rayosati eng yuqori instansiya boʻldi. U Rais, uning birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari va bir nechta sudyalardan iborat.  Rayosatning aniq tarkibini Plenum tasdiqlaydi.

 

Ikkinchidan, oʻrta boʻgʻin sudlari Rayosatlari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, Harbiy sud) ham aniq sud ishlarini koʻrib chiqmaydigan boʻlishdi. Ilgari ular Oliy sud Plenumi singari nazorat qiluvchi instansiya hisoblanar edi. Endi ular faqat sud amaliyotini umumlashtirish materiallarini koʻrib chiqish va sudlov hay’atlari hamda quyi sudlar raislari ma’ruzalarini eshitadigan boʻldi.

 

Mazkur sudlar raislari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri prokurorlari, Harbiy va Transport prokurorlari  endi nazorat tartibida protest keltira olmaydi.

 

Uchinchidan, jinoyat ishlari boʻyicha apellyatsiya va kassatsiya sudlari qarorlarini qayta koʻrib chiqish tartibi oʻzgardi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar va Toshkent shahri sudlari, Harbiy sud appelyatsiya va kassatsiya hay’atlarining ajrimlari faqat jinoyat ishlari boʻyicha sud hay’ati hamda Oliy sudning harbiy hay’ati tomonidan nazorat tartibida koʻrib chiqilishi mumkin.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi apellyatsiya va kassatsiya sudlov hay’atlarining ajrimlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay’atlarining nazorat tartibida chiqarilgan ajrimlari  – Oliy sud Rayosati tomonidan koʻrib chiqiladi.

 

Samir Latipov,
ekspertimiz.