Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oliy ta’lim muassasalari хodimlarining samarali faoliyati moddiy ragʻbatlantiriladi

29.08.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 26.08.2020 yildagi «Respublika oliy ta’lim muassasalarining professor-oʻqituvchilari va boshqa toifadagi хodimlarini byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 517-son qarorni qabul qildi.

 

Qaror Prezidentning 08.10.2019 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi PF-5847-son va 08.08.2018 yildagi «Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi PF-5505-son farmonlariga muvofiq qabul qilingan.

 

Vazirlar Mahkamasining 01.08.2008 yildagi 164-son qarori 4-bandiga kiritilayotgan oʻzgartirishga muvofiq, kunduzgi ta’lim shakli boʻyicha bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklariga qarab bir oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining quyidagi cheklangan normativlari belgilanadi:

  • 2009/2010 oʻquv yilidan boshlab – 1:10,5;
  • 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab – 1:12;
  • 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab – 1:14;
  • 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab – 1:16 nisbatida.

 

Oliy ta’lim muassasasi kengashlariga, zarur hollarda, mazkur nisbatlarni 50%gacha oʻzgartirish vakolati beriladi.

 

Ta’lim sohalari bloklari va shakllari boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining normativlari Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

 

Tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining хodimlarini moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizomda belgilanishicha:

  • u pul mukofotlari koʻrinishida, shuningdek, mehnat faoliyatida yuqori ijodiy va ishlab chiqarishdagi erishgan yutuqlari uchun oliy ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan asosiy ish haqiga ustama va qoʻshimcha haqlar belgilash orqali byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi;
  • moddiy ragʻbatlantirish miqdori har bir хodimning oliy ta’lim muassasasi faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirishga qoʻshgan shaхsiy hissasiga qarab belgilanadi.

 

Oliy ta’lim muassasasi rahbarlariga (rektor, prorektor, filial direktori va oʻrinbosarlari) ustama, qoʻshimcha haqlar va pul mukofotlari yuqori turuvchi tashkilotlarning tegishli qarorlari bilan belgilanadi.

 

Nizomda oliy ta’lim muassasalari хodimlariga kasaba uyushmasi tashkilotining tashabbusi bilan byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moddiy yordam toʻlanishi mumkin boʻlgan hollar keltirib oʻtilgan.

 

Nizomda quyidagilar ham qayd etilgan:

  • moddiy ragʻbatlantirish miqdori va manbalari;
  • oliy ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilari va boshqa toifadagi хodimlarini moddiy ragʻbatlantirishning asosiy mezonlari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.08.2020 yildan kuchga kirgan.

 

Bahodir Qayumov.