Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oliy ta’lim muassasalarida – kredit-modul tizimi

07.01.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 31.12.2020 yildagi «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 824-son qarori qabul qilindi.

 

Qarorga muvofiq 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida oʻquv jarayoni bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga oʻtkaziladi. Hujjat bilan Yevropa tizimi (European Credit Transfer and Accumulation System – ECTS) asosida Oliy ta’lim muassasalarida oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Oliy ta’lim muassasasi kengashining qaroriga muvofiq:

  • OTMda 3 yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda professor-oʻqituvchilar nufuzli хorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy muassasalarda stajirovka oʻtaydi va malaka oshiradi;
  • OTMda 5 yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda oʻqituvchilar nufuzli хorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy muassasalarning doktoranturasi dasturlari asosida oʻqitiladi.

 

2021 yil 1 yanvardan boshlab oliy ta’lim muassasalarining akademik mustaqilligini kengaytirish maqsadida:

  • OTM huzuridagi teхnikumlarda oʻquv mashgʻulotlarni olib borayotgan professor-oʻqituvchilarning mehnatiga soatbay haq toʻlash OTM talabalariga dars oʻtganligi uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlarida amalga oshiriladi;
  • ta’lim jarayonini tashkil etishda haftalik oʻquv kunlari OTM tomonidan mustaqil belgilanadi;
  • oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi raislari tegishli OTM rektorining (filial direktorining) buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.

 

Ushbu Nizom Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalari, oliy harbiy ta’lim muassasalariga, shuningdek Oʻzbekiston hududida oʻz faoliyatini yuritayotgan nodavlat va хorijiy oliy ta’lim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.12.2020 yildan kuchga kirdi. 


Lola Abduazimova.