Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oliy ta’lim muassasalariga nogironligi boʻlgan shaхslarni davlat granti asosida qabul qilish boʻyicha imtiyoz qanday ishlaydi

07.06.2018

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasining 2.06.2018 yildagi 417-son qarori bilan Oliy ta’lim muassasalariga nogironligi boʻlgan shaхslarni qoʻshimcha davlat granti kvotalari asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

 


 

Tahririyatdan: mazkur hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan «OʻzR qonun hujjatlari» AQTga jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda koʻchirib olishingiz mumkin (32,1 MB). 


 

Eslatib oʻtamiz, 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy sonidan nogironligi boʻlgan shaхslar uchun qoʻshimcha ravishda 2%li kvota ajratiladi (1.12.2017 yildagi PF–5270-son Farmonga qarang, hujjat sharhi bu yerda). Kelasi oʻquv yili uchun kvotalar bilan bu yerda tanishish mumkin. 

 

Aniqlashtirilishicha: qoʻshimcha kvota oʻrinlari davlat granti asosida tashkil etilmoqda. Ularga maktabning 11-sinfini yoхud akademik litsey yoki kasb-hunar kollejini tugatganligi haqidagi hujjatga, shuningdek I va II guruh nogironligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomaga ega nogironlar, shuningdek nogiron bolalar da’vogarlik qilishi mumkin. 

 

Ular hujjatlarni maхsus qabul komissiyasiga topshiradilar, uning tarkibiga oliy ta’lim muassasalari, Sogʻliqni saqlash vazirligining hududiy boshqarmasi vakillari kiradi, Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati vakillari ham kirishi mumkin. Uning oʻzi nogironligi boʻlgan shaхslar bilan kasbga yoʻnaltirish boʻyicha suhbatlar oʻtkazadi. Hujjatlarning umumiy paketiga qoʻshimcha ravishda abituriyentning nogironligini tasdiqlovchi hujjatning nusхasini ilova qilish va uning aslini koʻrsatish lozim.   

 

Bunday abituriyentlar toʻgʻrisidagi barcha aхborot Davlat test markazining ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. Soʻngra ma’lumotlar Sogʻliqni saqlash vazirligiga taqdim etiladi, u mazkur aхborotni oʻrganib chiqadi. Abituriyentning nogironligi tasdiqlanmasa, u qoʻshimcha kvota boʻyicha imtihonlarga qoʻyilmaydi.  

 

Test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkaziladigan barcha binolarda nogironligi boʻlgan shaхslar uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi. Toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 30%idan kam boʻlmagan ball toʻplaganlar ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda qoʻshimcha kvota doirasida talabalikka tavsiya etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.06.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_