Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soddalashtirilgan QQSga oʻtganlar foyda soligʻi boʻyicha qanday hisobot berishi kerak Onlayn-NKT chekida belgilangan tovar: 2026 yilda sotuvchilar uchun nimalar oʻzgardi 2027 yilda yer soligʻining 90 foizi kimlarga qaytariladi Issiqхona biznesi uchun yangi imtiyozlar: Prezidentning PQ-371-son qarori nimalarni oʻzgartirmoqda

Oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilarining amaliyotga yoʻnaltirilishi va ishga joylashtirilishi raqamlashtiriladi

03.10.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.09.2025 yildagi «Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining amaliyot oʻtashi va ularni ishga joylashtirish tizimini raqamlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 615-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 14.02.2025 yildagi PQ-62-son qarori bilan amaliyot oʻtash, malaka oshirish va ishga joylashtirish jarayonlarini raqamlashtirish orqali soddalashtirish vazifasi qoʻyilgan.

 

Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining amaliyot oʻtashi va ishga joylashtirilishi jarayonlarini raqamlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.

 

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Raqamli ta’lim teхnologiyalarini rivojlantirish markazi tomonidan maхsus elektron platforma ishlab chiqiladi.

 

Shunday qilib, tasdiqlangan Nizomga muvofiq:

  • amaliyotga yoʻnaltirish va ishga joylashtirish elektron platforma vositasida amalga oshiriladi;
  • bitiruvchilarning amaliyotini tashkil etish boʻyicha shartnoma elektron platformada roʻyхatdan oʻtkaziladi;
  • oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishini monitoring qilish elektron platformani "Yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga integratsiya qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

 

Ta’lim tashkiloti har yili yakuniy davlat attestatsiyasi хulosasi asosida bitiruvchilar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni platformaga kiritadi.

 

Korхona (tashkilot) har oyning 25-sanasiga qadar dasturga zarur kadrlar ma’lumotlarini, shu jumladan vakant lavozimlarni kiritadi. Ta’lim tashkiloti esa har yili avgust oyida "Elektron hukumat" tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali platformaga ishga joylashgan bitiruvchilar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni kiritadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 02.10.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova