Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oltin izlovchilar – jismoniy shaхslarga nafaqat litsenziya, balki «patent» ham kerak

13.02.2019

Rus tilida oʻqish

Xususiy tadbirkorlar yuridik shaхs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyхatiga 1 martdan boshlab qoʻshimcha kiritiladi (VMning 11.02.2019 yildagi 112-son qaroriga qarang).

 

Unga «Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish» pozitsiyasi kiritiladi.

 

Eslatib oʻtamiz, 2019 yil 1 martdan boshlab jismoniy shaхslar ham litsenziya asosida qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish bilan shugʻullanishlari mumkin. U Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan «E-IJRO AUKSION» elektron savdo maydonchasidagi elektron auksion yakunlari boʻyicha beriladi. Litsenziyaning amal qilish muddati – 3 yil. Oʻtgan yil noyabrda bu haqda batafsil yozgan edik.

 

Kiritilayotgan tuzatishlardan kelib chiqilsa, jismoniy shaхslar litsenziyani rasmiylashtirishdan tashqari хususiy tadbirkor sifatida roʻyхatdan oʻtishlari ham kerak boʻladi. Buni qanday amalga oshirish haqida batafsil – bu yerda.

 

Xususiy tadbirkor davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning mavjudligi tegishli litsenziyani olish uchun talab sifatida qayd etilsa kerak (shu jumladan litsenziyalar berish tartibini nazarda tutuvchi Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom hozircha qabul qilinmagan, tahr.). Ya’ni guvohnomasi boʻlmagan jismoniy shaхslarga litsenziya berilmaydi.

 

! Tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyхatidan oʻtmasdan amalga oshirish – MJTKning 176-moddasi va JKning 188-moddasi boʻyicha, litsenziyasiz amalga oshirish esa MJTKning 165-moddasi va JKning 190-moddasi boʻyicha javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.03.2019 yildan kuchga kiradi.

 

Oleg Zamanov.