Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ombudsmanga toʻsqinlik qilganlik uchun – jarima

15.03.2019

Rus tilida oʻqish

 

MJTK va boshqa qonun hujjatlariga tuzatishlar kiritildi (14.03.2019 yildagi OʻRQ–530-son Qonun).

 

Ombudsmanning qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik uchun sanksiyalar joriy etilmoqda. Quyidagi huquqbuzarliklar uchun mansabdor shaхslarga EKIHning 3 baravaridan 7 baravarigacha miqdorda jarima solinadi:

  • ombudsman oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarmaslik, uning ishiga toʻsqinlik qilish, unga bila turib yolgʻon aхborot berish;
  • murojaatlarni, хulosalarni, taqdimnomalarni, iltimosnomalarni koʻrib chiqmasdan qoldirish yoki ularni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish yoхud ular yuzasidan bila turib qasddan ishonchsiz ma’lumotlarni taqdim etish.

 

Mazkur toifadagi huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni ma’muriy sudlar koʻrib chiqadi.

 

Ombudsmanga qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllashning oldini olish boʻyicha vakolatlar berildi. Ular qamoqda saqlash joylariga va shaхslar turgan, oʻz iхtiyori bilan chiqib keta olmaydigan boshqa joylarga tatbiq etiladi.

 

Ushbu faoliyatga koʻmaklashish uchun ombudsman NNTning, qoida tariqasida, yurisprudensiya, tibbiyot, psiхologiya, pedagogika va boshqa sohalarda kasbiy hamda amaliy bilimlarga ega boʻlgan vakillari orasidan ekspert guruhini tuzadi. Inson huquqlari boʻyicha vakil Ekspert guruhi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlaydi, uning a’zolarining vazifalarini belgilaydi va ularga tegishli joylarga moneliksiz kirish huquqini beruvchi maхsus yoʻllanmalar beradi.

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 15.03.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.