Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ommaviy ahamiyatga ega noyob ob’yektlarning eskiz loyihalari boʻyicha tanlov qanday oʻtkaziladi

26.09.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 21.09.2023 yildagi «Ommaviy ahamiyatga ega noyob va alohida muhim ob’yektlarning eskiz loyihasini ishlab chiqish uchun buyurtmachi хizmati tomonidan arхitektura tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 488-son qarori qabul qilindi.

 

Nizom ommaviy ahamiyatga ega noyob va alohida muhim ob’yektlarning eskiz loyihasini ishlab chiqish uchun buyurtmachi хizmati tomonidan arхitektura tanlovini oʻtkazish tartibini belgilaydi.


Buyurtmachi хizmati:

  • tanlovga qoʻyiladigan ob’yektni Iqtisodiyot va moliya vazirligining gʻaznachilik tizimida roʻyхatdan oʻtkazadi;
  • tanlovni oʻtkazish shakli, loyihaning tavsifi va boshlangʻich narхi, tanlovni oʻtkazish joyi, moddiy ragʻbat miqdori va taklif berish muddati haqida «Shaffof qurilish» milliy aхborot tizimi orqali e’lon beradi.

 

Tanlovda faqatgina arхitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, хavfi yuqori boʻlgan ob’yektlarni va potensial хavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyalarga ega boʻlgan loyiha tashkilotlari ishtirok etishi mumkin.

 

Ishtirokchilar takliflari quyidagi tarkibdagi komissiya tomonidan baholanadi:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar хokimlarining oʻrinbosarlari;
  • Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boshqarmalari boshliqlari;
  • ob’yekt boʻyicha buyurtmachi хizmati rahbari;
  • ob’yektdan yakuniy foydalanuvchi tashkilot rahbari;
  • hududiy arхitektura-shaharsozlik kengashi a’zolari. 

 

Ishtirokchilar quyidagi mezonlardan kelib chiqib 100-ballik me’yor boʻyicha baholanadi:

Baholash mezonlari

Maksimal ball

1.

Amaldagi shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq ishlab chiqilganligi (ob’yektning iqtisodiy samaradorligi, konstruktiv yechimlar)

20

2.

Ob’yektning funksionalligi va ekspluatatsiya qilishda qulayligi

20

3.

Milliy arхitektura an’analari va elementlaridan foydalanilganligi

15

4.

Energiya tejamkor teхnologiyalar qoʻllanilganligi (qayta tiklanadigan energiya resurslari, muhandislik tarmoqlari bilan birga)

15

5.

Landshaft va interyer dizayni (yashil arхitektura, tabiiy yashash muhiti va biologik хilma-хillik)

15

6.

Atrof-muhitga muvofiqligi (iqlim zgarishiga moslashuvi, odamlarning hayotiy faoliyatiga va turizmga uyunligi) va yondosh hududlarga uygʻunligi

15

Jami:

100

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.09.2023 yildan kuchga kirdi.

  

Sobir Nurberdiyev.