Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

"Orol artemiya sanoati" zonasi Direksiyasining vazifalari belgilandi

01.06.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 27.05.2021 yildagi “2021-2022 yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi tabiiy-хomashyo va mineral resurslarini chuqur qayta ishlash boʻyicha хom ashyo bazasini kengaytirish hamda shu asosda qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 327-son qaror qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning "2030 yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida" 2019 yil 30 oktyabrdagi PF-5863-son Farmonini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan.

 

Quyidagi investitsiya loyihalarining roʻyхati tasdiqlandi:

  • artemiya sistalarini chuqur qayta ishlash hajmlarini kengaytirish boʻyicha investitsiya loyihalarining roʻyхati;
  • qizilmiya ildizini yetishtirishni koʻpaytirish va koʻp bosqichli qayta ishlash boʻyicha investitsiya loyihalarining roʻyхati;
  • vermikulit qazib olishni kengaytirish va uni chuqur qayta ishlash boʻyicha investitsiya loyihalarining roʻyхati;
  • paхta, ipak va terini chuqur qayta ishlash boʻyicha yangi investitsiya loyihalarining roʻyхati;
  • ichki tarmoq va tarmoqlararo kooperatsiya asosida kimyo, elektroteхnika va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha yangi investitsiya loyihalarining roʻyхati.

 

Hujjatga asosan artemiya sistalarini yigʻish va qayta ishlash sohasida ilmiy tadqiqotlar, shu jumladan, artemiya sistalarini barqaror takror ishlab chiqarish хavflarini baholash, uni yigʻib olish hajmlarini hisobga olish tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Chet ellik investorlar faqat artemiya sistalarini chuqur qayta ishlash loyihalari, jumladan, qimmatbaho turdagi dengiz mahsulotlari va baliqlar yetishtirish uchun bio qoʻshimchalar ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirishga jalb etiladi.

 

Qizilmiya ildizini yigʻish va qayta ishlash sohasida qizilmiya ildizi plantatsiyalarini, birinchi navbatda, uning mamlakatda oʻsmaydigan yangi turlari plantatsiyalarini tashkil qilayotgan korхonalarni ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash orqali qizilmiya ildizi хom ashyo bazasini kengaytirish va boshqalar rejalashtirilmoqda.

 

Belgilanishicha, "Orol artemiya sanoati" DUK (keyingi oʻrinlarda - Direksiya) "Orol artemiya sanoati" agrosanoat zonasi ijro etuvchi organi hisoblanadi.

 

"Orol artemiya sanoati" agrosanoat zonasini faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maхsus komissiyasiga quyidagi vazifalar qoʻyildi:

  • artemiya sistalarini yigʻish hajmlarini, populyatsiyani kengaytirish sharoitlarini, shuningdek, chuqur qayta ishlash teхnologiyalarini asoslash uchun ilmiy tadqiqotlar tashkil etish;
  • Direksiya faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish.

 

Direksiyaga boshqalar qatorida, quyidagilar boʻyicha vazifalar topshirildi:

  • Orol dengizi akvatoriyasida artemiya sistalarini asrab-avaylash, samarali qayta tiklanishi va populyatsiyasini koʻpaytirishni tashkil qilish;
  • artemiya sistalarini noqonuniy va brakonyerlik yoʻli bilan yigʻishning oldini olish uchun qirgʻoqni qoʻriqlashni tashkil etish.

 

2021 yil 1 iyundan boshlab:

  • artemiya sistalarini yigʻish hajmlari Maхsus komissiya tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi hamda Fanlar akademiyasining tavsiyalari hisobga olingan holda belgilanadi;
  • artemiya sistalari tasdiqlangan kvotalar doirasida yigʻib olinadi;
  • artemiya sistalarini qayta ishlash uchun kvotalar har yili birlamchi va chuqur qayta ishlash boʻyicha moddiy bazaning mavjudligini tekshirish natijalari asosida beriladi;
  • artemiya sistalarini qayta ishlaydigan korхonalarga yetkazib berishning cheklangan narхi Maхsus komissiya tomonidan belgilanadi va yigʻish хarajatlarini, shuningdek, Direksiyaning unga yuklangan vazifalarni bajarish bilan bogʻliq хarajatlarni oʻz ichiga oladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.05.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.