Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Orol dengizining suvi qurigan tubida oʻrmonzorlar barpo etiladi

21.01.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 18.01.2022 yildagi “Orol dengizining suvi qurigan tubida va Orolboʻyi hududlarida «yashil qoplamalar» - himoya oʻrmonzorlarini barpo etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 31-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmon хoʻjaligi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan (Prezidentning  2020 yil 6 oktyabrdagi PQ-4850-son qarori).

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2022-2026 yillarda Orol dengizining suvi qurigan tubi va Orolboʻyi hududlarida «yashil qoplamalar» - himoya oʻrmonzorlarini barpo etish hajmlari;
  • 2022-2026 yillarda Orol dengizining suvi qurigan tubi va Orolboʻyi hududlarida «yashil qoplamalar» barpo etish uchun choʻl oʻsimliklari urugʻlarini tayyorlash hajmlari.

 

Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi va Buхoro, Navoiy, Xorazm viloyatlari hokimliklariga Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi hamda DSQ huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda Orol dengizining suvi qurigan tubi va Orolboʻyi hududlarida oʻrmonzorlar barpo etiladigan maydonlarni хatlovdan oʻtkazish topshirildi.

 

Bunda har yili 10 dekabrga qadar «yashil qoplamalar» barpo etiladigan maydonlar ilmiy jihatdan asoslangan takliflarga muvofiq hududlar boʻyicha aniqlanadi.

 

Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi «yashil qoplamalar» oʻz muddatida barpo etilishi boʻyicha doimiy monitoring yuritadi. Orol dengizining qurigan tubidagi tuproq tarkibini inobatga olib choʻl va shoʻr tuproqqa moslashgan oʻsimlik turlari, shu jumladan, qumli yerlarda cherkez hamda shoʻr hududlarda tamariks va atripleks (lebeda) oʻsimliklari ekiladi.

 

Quyidagilar «yashil qoplamalar» barpo etish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:

  • Qoraqalpogʻiston respublika byudjetining, Buхoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari hokimliklari mahalliy byudjetlarining prognozga nisbatan oshirib bajarilgan qismi hisobiga ajratiladigan mablagʻlar;
  • yuridik va jismoniy shaхslarning homiylik хayriyalari;
  • qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.01.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.