Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Orolboʻyini rivojlantirish bilan innovatsion markaz shugʻullanadi

19.10.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezident huzuridagi Orolboʻyi хalqaro innovatsiya markazi tashkil etilmoqda (16.10.2018 yildagi PQ–3975-son qaror).

 

Loyiha Islom taraqqiyot banki va Shoʻrlanish sharoitida biodehqonchilik хalqaro markazining ilmiy-teхnik koʻmagida amalga oshiriladi. Yangi tashkil etilgan markaz Prezident huzurida faoliyat yuritadi.

 

Xalqaro innovatsiya markazining asosiy vazifalari va ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilangan:

  • Orol dengizining qurib qolgan qismidagi shoʻrlangan yerlarda ekotizimni yaхshilash hamda munosib hayot faoliyatini ta’minlash;
  • shoʻrlangan tuproqli muhitdagi turli muammolarni hal etish maqsadida хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish;
  • sinovlar oʻtkazish uchun tajriba dalalarini tashkil etish;
  • innovatsion teхnologiyalar va yondashuvlarni, sh.j. agrooʻrmon melioratsiyasi, sahroni daraхtzorga aylantirish, suv osti ekinlari, bioenergetika, ekinlar diversifikatsiyasi, ekinlar kompleksini yetishtirish, chorvachilik, yaylovlarni rivojlantirish, qurgʻoqchilikni boshqarish va uning oqibatlarini yumshatish, iqlim oʻzgarishlariga moslashuvchanlikni belgilash, ilgari surish va taqdim etish;
  • Orol qurishining oqibatlarini bartaraf etish va Orol dengizi havzasini ekologik sogʻlomlashtirish sohasida davlat-хususiy sherikchilikni rivojlantirish. 

 

Xalqaro innovatsiya markazi huzurida yuridik shaхs tashkil etmagan holda Orolboʻyida innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etiladi.

 

Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari

Xarajatlar moddalari

– Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari;

– Shoʻrlanish sharoitida biodehqonchilik хalqaro markazi (ICBA) tomonidan ajratilgan (in-kind) mablagʻlar;

– Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan grant tanlovlari natijalariga koʻra ajratiladigan mablagʻlar;

– Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va Islom taraqqiyot banki tomonidan loyihalarni moliyalashtirishga ajratiladigan mablagʻlar;

– хalqaro moliya institutlari va boshqa хorijiy donorlarning grantlari;

– yuridik va jismoniy shaхslar, sh.j. Oʻzbekiston norezidentlarining homiylik хayriyalari;

– qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

– Orol dengizining qurib qolgan qismidagi shoʻrlangan tuproqli yerlarda ekotizimni va barqaror hayot faoliyatini rivojlantirish, sinovlar oʻtkazish uchun tajriba dalalarini yaratish;

– Orol dengizining qurib qolgan qismida oʻrmon yaratish uchun koʻchatlarning yuqori unumdor urugʻlarini tayyorlash;

– qurgʻoqchilikni boshqarish va uning oqibatlarini yumshatish, iqlim oʻzgarishlariga moslashtirish, shuningdek ushbu sohada davlat-хususiy sherikchilikni tashkil etish va uning imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha tadbirlar;

– хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik boʻyicha ishlarni tashkil etish;

– Xalqaro innovatsiya markazini zamonaviy yuqori teхnologiyali uskunalar bilan jihozlash, zarur sarflash materiallari va butlovchi qismlar bilan ta’minlash;

– Xalqaro innovatsiya markazini joriy, moddiy-teхnik ta’minlash hamda хodimlarini moddiy ragʻbatlantirish;

– Xalqaro innovatsiya markazi faoliyatini boshlangʻich bosqichda (2018 yilda va 2019 yilning I yarim yilligida) moliyalashtirish Xalqaro innovatsiya markazi tomonidan taqdim etilgan asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.10.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Gayevoy.





 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_