Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ot sporti boʻyicha terma jamoa maхsus markaz tomonidan tayyorlanadi

02.08.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 19.07.2017 yildagi 517-son «2017-2021 yillarda yilqichilik va ot sportini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi.

 

«Markaziy ippodrom» AJ ustav kapitalidagi davlat ulushi Yilqichilik va ot sporti federatsiyasiga ishonchli boshqaruvga beriladi.

 

Shuningdek, «Markaziy ippodrom» AJ ustav kapitali ippodromni rekonstruksiya qilish chogʻida qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlari qiymatiga teng boʻlgan summaga qoʻshimcha aksiyalarni emissiya qilish yoʻli bilan koʻpaytiriladi. Qoʻshimcha chiqarilgan aksiyalar «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJga oʻtadi.

 

Eslatib oʻtamiz, «Markaziy ippodrom» AJni rekonstruksiya qilish va jihozlash 2017–2019 yillar davrida Prezidentning 15.06.2017 yildagi PQ-3057-son qaroriga binoan amalga oshirilmoqda.

 

Hujjatda ishchi guruhni tuzish koʻzda tutilgan boʻlib, u:

  • «Markaziy ippodrom» AJdagi qurilish-montaj ishlari qoldiqlari hajmini aniqlashi;
  • Xalqaro va Osiyo ot sporti federatsiyalari talablariga muvofiq tayyorlash uchun loyihalashtirish tashkilotlariga loyiha-smeta hujjatlarini kiritishi darkor.

 

Shuningdek,  Ot sporti boʻyicha sport mahorat maktabi va «Markaziy ippodrom» AJ tarkibida Ot sporti boʻyicha respublika termasi a’zolarini tayyorlash markazi tashkil etilmoqda.

 

Quyidagi oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarida belgilangan qabul kvotalari doirasida Ot sporti yoʻnalishlari ochilmoqda:

  • Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti;
  • Nukus Olimpiya zaхiralari kasb-hunar kolleji;
  • Namangan Olimpiya zaхiralari kasb-hunar kolleji;
  • Toyloq Olimpiya zaхiralari kasb-hunar kolleji.

 

Bundan tashqari, qaror bilan 2017-2021 yillarda yilqichilik va ot sportini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi. Dasturda 24 ta tadbirni amalga oshirish koʻzda tutilgan.

 

Hujjat davlat tilida e’lon qilingan boʻlib, 24.07.2017 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Mohina Mirzayeva.