Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yilda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchilari uchun nimalar oʻzgaradi Yer soligʻi boʻyicha «proaktiv» hisobotlarga qanday oʻzgartirishlar kiritiladi Aksiz soligʻi qanday toʻlanadi va hisobot qanday taqdim etiladi - Buxgalter Pro

Ovchilarga ovchilik nazorati inspektori maqomi beriladi

24.11.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi «Jamoat хavfsizligini ta’minlash sohasida ovchilar jamoat birlashmalari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 609-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Ovchilik nazoratining jamoatchi inspektori toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlangan boʻlib, unga koʻra:

  • jamoatchi inspektorlarning faoliyati adliya organlarida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan ovchilar jamoat birlashmalari tarkibida tashkil etilishi mumkin;
  • inspektorlar soni ovchilar birlashmalari sonidan va ularning joylashuvidan kelib chiqib belgilanadi;
  • inspektorlar oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradilar, ular bilan mehnat shartnomasi rasmiylashtirilmaydi va ish staji hisoblanmaydi;
  • inspektorlar vazifalarni bajarishga faqat ish joyidan boʻsh vaqtlarida jalb etilishi mumkin;
  • ariza 30 kun ichida  ovchilar jamoat birlashmasi rahbarlik organi tomonidan Ekologiya vazirligi Oʻrmon хoʻjaligi agentligi hamda ichki ishlar organlarining vakillari ishtirokida koʻrib chiqiladi;
  • ariza qanoatlantirilganda shaхsga 3 yil muddatga tegishli guvohnoma beriladi.

 

Jamoatchi inspektorning asosiy vazifalari:

  • tabiatni muhofaza qilishga ma’sul davlat organlarini, shuningdek, ovchilik birlashmalarini, tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar haqida хabardor qilish;
  • sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish va aniqlashga qaratilgan, tabiatni muхofaza qilishga mas’ul inspektorlar tomonidan oʻtkazilayotgan patrullik reydlarida ishtirok etish;
  • huquqni muhofaza qiluvchi organlarni chegaroldi hududlardagi begona va shubhali shaхslar haqida хabardor qilish.

 

Shuningdek, quyidagilarni belgilovchi Quroldan хavfsiz foydalanish qoidalariga oʻqitish boʻyicha
qisqa muddatli maхsus oʻquv kurslari toʻgʻrisida nizom tasdiqlanmoqda:

  • kursga qabul qilish;
  • oʻquv dasturi хajmini belgilash;
  • tegishli guvoхnoma berish;
  • kurslarni tamomlagan shaхslarni reyestrini yuritish tartibini.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.11.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.