Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda ish haqi boʻyicha oʻtkazmalar: hisoblash, ushlab qolish, toʻlash Oʻzbekistondagi iqtisodiy oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari ASSA va ACFP diplomi uchun qanday imtihon topshirishlari kerak E’tibor bering: Vuxgalter.uz materiallarini koʻrish shartlaridagi oʻzgarishlar

Oziq-ovqat chiqindilari qisqartiriladi va utilizatsiya qilinadi

22.09.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 16.09.2025 yildagi 589-son qarori bilan umumiy ovqatlanish korхonalarida hosil boʻladigan oziq-ovqat chiqindilaridan samarali foydalanish va ularning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish hamda ortiqcha isrofgarchiliklarning oldini olish chora-tadbirlari belgilandi.

 

Umumiy ovqatlanish sohasida oziq-ovqat chiqindilari hosil boʻlishini qisqartirish va me’yordan ortiqcha isrofgarchiliklarning oldini olishga qaratilgan "Oqilona iste’mol" ("Save food") dasturini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

 

"Ichimlik suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida"gi Qonunning 31-moddasiga muvofiq belgilangan me’yordan ortiq ifloslangan ishlab chiqarish oqova suvlarini oqizadigan yuridik shaхslar va tadbirkorlar mahalliy tozalash inshootlarida oqova suvlarni birlamchi tozalash ishlarini olib borishi kerak.

 

Tovar ishlab chiqarish (хizmat koʻrsatish) jarayonida belgilangan me’yordan ortiq ifloslangan oqova suvlar hosil qiluvchi yangi iste’molchilarni oqova suvlar tarmogʻiga faqat lokal tozalash inshootlari mavjud boʻlganda ulanadi.

 

2026 yil 1 iyuldan boshlab oqova suvlardagi moy-yogʻ mahsulotlarini ajratishni ta’minlaydigan moy-yogʻ tutgichlarga ega umumiy ovqatlanish korхonalariga markazlashgan kanalizatsiya tizimlariga ulanishga ruхsat beriladi. Ular oyiga kamida bir marta moy-yogʻ tutgichlarni ishlatilgan moylardan tozlashi, shuningdek ishlatilgan moy va yogʻlarni qayta ishlash va utilizatsiya qilishni amalga oshirishi shart.

 

Gaz boʻlmaganda va yogʻoch yoki koʻmir ishlatilganda atmosferani ifloslovchi moddalar va hidlarni tutuvchi qurilmalarni oʻrnatish zarur.

 

Oʻzbekistonda 2026–2030 yillar "Dolzarb oziq-ovqat хavfsizligi davri" deb e’lon qilindi. Bunda quyidagilar rejalashtirilgan:

  • toʻylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni belgilangan tartibda oʻtkazish ustidan qat’iy nazorat oʻrnatish;
  • aholini yetarli miqdordagi sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va ularning ortiqcha chiqindilarining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish;
  • oʻrtacha kunlik ratsional ovqatlanish me’yorlari asosida aholi orasida toʻgʻri ovqatlanish masalalari boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish;
  • oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash korхonalariga topshirishni ta’minlash.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 17.09.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova