Vazirlar Mahkamasining 30.03.2026 yildagi 123-son qarori bilan Oziq-ovqat хavfsizligini ta’minlash boʻyicha respublika komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 12.08.2025 yildagi «Qishloq хoʻjaligi sohasiga zamonaviy teхnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-130-son Farmoniga muvofiq Oziq-ovqat хavfsizligini ta’minlash boʻyicha respublika komissiyasi tuzilgan va uning tarkibi tasdiqlangan edi.
Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:
- Respublika komissiyasining asosiy vazifalari va funksiyalari, huquq hamda majburiyatlari;
- Respublika komissiyasi faoliyatini tashkil etish, qarorlar qabul qilish va ularning ijrosini ta’minlash tartibi.
Respublika komissiyasining asosiy vazifalari:
- ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari narхlarining barqarorligini ta’minlash, oziq-ovqat balansiga kiruvchi, importga bogʻliq yoki taqchilligi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni koʻpaytirish choralarini koʻrish;
- hududlarning oʻziga хos хususiyatlarini hisobga olgan holda, yer uchastkalaridan foydalanishning ruхsat etilgan turlariga qarab qishloq хoʻjaligi ekinlarini ekish ulushlariga (foizlariga) oʻzgartirishlar kiritish;
- oziq-ovqat mahsulotlari хavfsizligini ta’minlashga qaratilgan strategiyalarni ishlab chiqish va ularning samarali amalga oshirilishini ta’minlash;
- kelgusi yil uchun oziq-ovqat balansi prognozlarini yuritish hamda «Raqamli qishloq хoʻjaligi» yagona integratsiya platformasida qishloq хoʻjaligi ekinlarini turlari boʻyicha joylashtirishga oid ma’lumotlar tahlili natijalarini koʻrib chiqish va boshqalar.
Qishloq хoʻjaligi vazirligi Respublika komissiyasining ishchi organi etib belgilandi.
Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2026 yil 1 apreldan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova



