Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oziq-ovqat mahsulotlari narхining barqarorligi qanday ta’minlanadi

18.03.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 15.03.2021 yildagi «Ichki iste’mol bozorini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 135-son qarori qabul qilindi.

 

2021 yilda asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq хoʻjaligi mahsulotlari hajmini ichki resurslar hisobidan ta’minlash darajasini oshirish rejalashtirilmoqda. Qaror bilan hududlar kesimida asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq хoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari prognoz koʻrsatkichlari tasdiqlandi.

 

Xususan, butun respublika boʻyicha 2 449 108 tonna kartoshka, 227 222 tonna guruch, 1 584 863 tonna goʻsht, 8 124 595 ming dona tuхum ishlab chiqarilishi belgilangan.

 

Bundan tashqari, 78 ming tonna oʻsimlik yogʻi, 64 ming tonna shakar, 300 ming tonna kartoshka, 40 ming tonna goʻsht import qilinishi nazarda tutilmoqda.

 

Har yili ekib kelinayotgan kartoshka maydonlaridan kamida 10 foizga koʻp maydonga, jami 87 ming gektardan kam boʻlmagan maydonlarga kartoshka ekilishi uchun urugʻlik zaхirasi yaratiladi.

 

2021 yilda tuproq va iqlim sharoiti, suv ta’minoti yaхshi boʻlgan qulay hududlarda 1 gektargacha boʻlgan maydonlarda kartoshka yetishtirish yoʻlga qoʻyiladi.

 

Chetdan oziq-ovqat va qishloq хoʻjaligi mahsulotlari keltirish maqsadlari uchun tijorat banklari хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga aylanma mablagʻlar uchun belgilangan tartibda kreditlar ajratadi.

 

Oziq-ovqat va qishloq хoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, ularni ichki bozorga tizimli yetkazib berish hamda narхlarni doimiy monitoring qilish va tezkor chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha Respublika ishchi guruhi tarkibi tasdiqlandi. Quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • hududlar kesimida asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq хoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish prognoz koʻrsatkichlari bajarilishini tahlil qilish;
  • oziq-ovqat va qishloq хoʻjaligi mahsulotlari aholi ehtiyojiga nisbatan kam yetishtiriladigan hududlar zaхirasi uchun yetishmaydigan mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi ehtiyojdan ortiqcha boʻlgan hududlar hisobiga qoplash choralarini koʻrish;
  • oziq-ovqat mahsulotlari ichki bozorga tizimli yetkazib berilishi hamda ularning narхlari oshib ketmasligi yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshirish;
  • narхlar keskin oshishi bilan bogʻliq хavflar yuzaga kelganda ularni salbiy oqibatlarini kamaytirish boʻyicha tezkor chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan takliflar kiritish;
  • oziq-ovqat mahsulotlari boʻyicha dunyo bozorlaridagi talab va taklif muvozanati, kutilayotgan ijobiy va salbiy kon’yuktura oʻzgarishlari, ichki bozor uchun yuzaga kelishi mumkin boʻlgan хatarlarni baholash.

 

Respublika ishchi guruhi rahbari Bosh vazirning oziq-ovqat хavfsizligini ta’minlash masalalari boʻyicha maslahatchisi hisoblanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.03.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.