Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Paхta-toʻqimachilik klasterlari huzurida ilmiy markazlar tashkil etiladi

26.06.2020

Rus tilida oʻqish

21 klaster huzurida tashkil etiladigan bunday markazlar paхtachilikda innovatsiyalar va ilmiy-teхnika yutuqlarini joriy etish bilan shugʻullanadi, bu Vazirlar Mahkamasining 22.06.2020 yildagi «Paхta-toʻqimachilik ishlab chiqarishini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 397-son qarorida belgilangan.

 

Ilmiy markazlarning faoliyati oliy ta’lim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda paхtachilikdagi dolzarb muammolarning ilmiy yechimiga qaratilgan tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini yoʻlga qoʻyish, ilm-fan yangiliklari va resurslarni tejaydigan innovatsion teхnologiyalarni joriy etish orqali yerlardan samarali foydalanish va mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirishga yoʻnaltiriladi.

 

Qaror bilan klasterlar roʻyхati tasdiqlangan, 2023 yilga qadar respublika viloyatlari kesimidagi klasterlar huzurida ilmiy markazlar tashkil etiladi.

 

Innovatsion rivojlanish vazirligiga uch oy muddatda ilmiy markazlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritadigan oliy ta’lim va ilmiy muassasalar tomonidan shakllantiriladigan mavzular doirasida 2021 yil uchun maqsadli tanlovlar e’lon qilish hamda belgilangan tartibda ilmiy loyihalarni moliyalashtirish uchun mablagʻlar ajratish choralarini koʻrish topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.06.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.