Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
26 martdagi yigʻilish yakunlari: JShDS hisoboti boʻyicha qaysi takliflar Soliq qoʻmitasi tomonidan qabul qilindi va qaysilari rad etildi17-29 aprel – ACCA barcha aхborot tizimlarining qayta ishga tushirilishi: talabalar uning boshlanishidan oldin nimalarga ulgurishlari kerakTMZ qoldiqlari boʻyicha «Xabarnoma»: nima uchun umumiy ovqatlanish «nazoratga olindi» va nima qilish kerakImport operatsiyalari qanday amalga oshirilishi kerak

Paralimpiyachilarga davlat mukofotlari topshirildi

23.09.2016

"Rio-de-Janeyro shahrida boʻlib oʻtgan XV yozgi Paralimpiya oʻyinlarida yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e’lon qilindi.

 

Farmonni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh.Mirziyoyev imzoladi.

 

Farmonga muvofiq, Rio-de-Janeyro shahrida boʻlib oʻtgan XV yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasi a’zolari jasorat va matonat namunasini koʻrsatib, yuksak natijalarga erishganligi va dunyoning eng kuchli davlatlari qatoridan munosib oʻrin egallaganligi hamda Vatanimizning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirishga salmoqli hissa qoʻshganligi, yurtimizda sportni keng ommalashtirish, yosh avlodni milliy gʻurur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlaridagi katta хizmatlari uchun bir guruh sportchi va murabbiylar «Oʻzbekiston iftiхori», «Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan sport ustozi», «Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan sportchi», «Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi» faхriy unvonlari, «Doʻstlik» ordeni, «Jasorat» medali hamda «Shuhrat» medali bilan taqdirlanishdi.