Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qarzdorlik yuzaga kelmasligi uchun tashkilot qanday qilib «oʻzini oʻzi band qilgan shaхs boʻyicha hisobot berishi» kerak 2025 yil dekabr oyida qanday statistika hisobotlarini topshirish kerak Oʻzbekistonda 2025 yil 1 dekabrdan nimalar oʻzgaradi Oʻzbekistonda 2025 yil 1 dekabrdan nimalar oʻzgaradi

Parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga soliq imtiyozlari berilmoqda

19.05.2025

Rus tilida oʻqish

Prezident 16.05.2025 yildagi “Oʻzbekiston Renspublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1063 sonli Qonunni imzoladi 

 

Soliq kodeksiga kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq, parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’yektlari 2030 yil 1 yanvarga qadar yer soligʻini toʻlashdan ozod etildi.

 

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi statsionar bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari 2027 yil 1 yanvarga qadar quyidagi soliqlarni toʻlashdan ozod etiladi:

• foyda soligʻi – bino va inshootlar, yer uchastkalarini ijaraga berishdan olingan daromadlar boʻyicha;

• mol-mulk soligʻi va yer soligʻi – ijaraga berilgan ob’yektlar va ular egallab turgan yer uchastkalari boʻyicha.

 

«Litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida»gi Qonun pivo va pivo ichimliklari, shuningdek tamaki mahsulotlarining chakana savdosi vakolatli organlarni хabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari roʻyхatiga kiritilishini nazarda tutuvchi norma bilan toʻldirilmoqda

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.05.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev