Prezidentning 23.07.2026 yildagi PQ-274-son qarori bilan parrandachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilandi.
Hujjat bilan 2026-2027 yillarda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan "Mikrokreditbank" ATBga bosqichma-bosqich 10 yil muddatga, 4 yillik imtiyozli davr bilan, yillik 6 foiz stavkada 105 mln AQSh dollari ekvivalentida milliy valyutadagi mablagʻlar yoʻnaltirish nazarda tutilgan.
2026 yil 1 avgustdan boshlab ushbu resurslar hisobidan parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha yangi quvvatlarni ishga tushirish va "tayyor biznes" loyihalari (27.06.2024 yildagi PQ-238-son qarorga muvofiq) "Mikrokreditbank" ATB 10 yilgacha muddatga, shu jumladan 4 yillik imtiyozli davr bilan, yillik 10 foiz stavkada (shu jumladan bank marjasi 4 foiz) kreditlar ajratadi.
Shuningdek, parrandachilik хoʻjaliklari, parrandalar uchun omuхta yem ishlab chiqaruvchilar va "tayyor biznes" loyihalarini moliyalashtirish uchun 2026 yil 1 sentyabrdan boshlab "Mikrokreditbank" ATB tomonidan 10 foiz stavkada yangi kreditlar ajratiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.07.2026 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova




