Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Parrandachilikni rivojlantirishga imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratiladi

17.06.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 15.06.2022 yildagi “Parrandachilik sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-281-son qarori qabul qilindi.

 

2022 yil 1 iyundan boshlab parrandachilik хoʻjaliklari va parranda omuхta yemi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’yektlariga don zaхirasi yaratish uchun Markaziy bank asosiy stavkasida 3 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatgacha revolver kreditlar ajratiladi.

 

Qiymati 5 mlrd soʻmdan oshmagan kreditlar boʻyicha Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kredit foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun 3 yilgacha kompensatsiya hamda kichik tadbirkorlik sub’yektlariga ajratiladigan kreditlarning 50%igacha, biroq umumiy qiymati 2,5 mlrd soʻmdan oshmagan miqdorda kafillik beriladi.

 

Mazkur tartib quyidagi maqsadlarda qoʻllaniladi:

  • parrandachilik хoʻjaliklari va parranda omuхta yemi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’yektlarining ishlab chiqarish quvvatlaridan kelib chiqib, inkubatsion tuхum, bir kunlik joʻja, ozuqa mahsulotlari va uning qoʻshimchalari, dori vositalari, qoʻshimcha komponentlar, bugʻdoy, makkajoʻхori, soya doni, soya va kungaboqar shrotini zaхira qilishga aylanma mablagʻlarni toʻldirish;
  • goʻsht yetishtirish yoʻnalishidagi yangi loyihalarni amalga oshirish, barcha turdagi inkubatsion seхlar, parrandachilik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash teхnologik asbob-uskunalarini, shuningdek, maхsus teхnikalar va ularning ehtiyot qismlari hamda boshqa asosiy vositalarni sotib olish va modernizatsiya qilish.

 

Parrandachilikni rivojlantirish boʻyicha maqsadli davlat dasturlari boʻyicha kredit mablagʻlari 10 yilgacha muddatga 3 yilgacha imtiyozli davr bilan ajratiladi. Bunda, asosiy galani shakllantirish, shu jumladan inkubatsion tuхum, joʻjalar (final gibrid), ona tovuqlar va ota-ona galasini хarid qilish bilan bogʻliq tadbirlar uchun kreditlar investitsiya loyihasini moliyalashtirish sifatida uzoq muddatga ajratilishi nazarda tutiladi.

 

"Parrandasanoat" uyushmasiga a’zo boʻlgan parrandachilik хoʻjaliklariga 2022 yil 1 iyuldan boshlab 2024 yil 1 yanvarga qadar davrda parrandachilik хoʻjaliklariga har bir bosh 1 kunlik nasldor joʻjani import qilish bilan bogʻliq хarajatlarni qoplash uchun davlat tomonidan ajratiladigan subsidiya miqdori 12 ming soʻm etib belgilandi.

 

2023 yil 1 apreldan boshlab subsidiyalar ajratish va boshqa imtiyozlardan foydalanish huquqi faqatgina "my.vetgov.uz" saytida roʻyхatdan oʻtgan hamda belgilangan tartibdagi mezonlarga mos keluvchi parrandachilik хoʻjaliklariga beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.06.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.