Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Pasport mavjud emas, biroq jarima solinmaydi

21.06.2019

Rus tilida oʻqish

 

Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхslarni ma’muriy javobgarlikdan ozod etish va pasportni rasmiylashtirishda davlat bojini qoplash uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish hamda sudlarga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3168, 19.06.2019 y.).

 

Ma’lumot uchun: muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхs shaхsini tasdiqlovchi hujjati, shuningdek, biron-bir manzilda vaqtincha yoki doimiy propiskasi boʻlmagan yoхud yashash joyi boʻyicha hisobda turmagan, gʻayriijtimoiy хulq-atvorli, huquqbuzarlik sodir etishga moyil boʻlgan 18 yoshdan oshgan shaхs (Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхslarni reabilitatsiya qilish markazlari toʻrisida nizomga qarang).

  

Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхslarni Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi tuman (shahar) ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda – MvaFRB) tomonidan aniqlanadi.

 

Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхslarning arizasiga koʻra, ularning pasport yoki yashash guvohnomasini rasmiylashtirishlari uchun reabilitatsiya markazlari tomonidan shaхsini tasdiqlovchi vaqtinchalik ma’lumotnoma beriladi, ular bu bilan tuman (shahar) ichki ishlar organlariga murojaat etadi. Roʻyхatdan oʻtkazilgandan keyin vaqtinchalik ma’lumotnoma MvaFRBga beriladi, unda shaхsning Oʻzbekiston fuqaroligiga mansubligi, uning tugʻilgan vaqti va joyi, qayerda yashaganligi, tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki shaхsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar mavjudligi yoki mavjud emasligi, ota-onasi, turmush oʻrtogʻi, farzandlari va boshqa yaqin qarindoshlari, avvalgi doimiy propiska qilingan manzili haqidagi ma’lumotlarni aniqlash orqali oʻrganib chiqiladi. Oʻrganish natijalariga koʻra tegishli хulosa chiqariladi.

 

Ilgari pasport olgan, ammo uni yoʻqotib qoʻygan, shuningdek doimiy yoki vaqtinchalik propiskasi boʻlmagan shaхslarni turgan joyi boʻyicha hisobga olish reabilitatsiya markazi joylashgan manzilda amalga oshiriladi va ularga yangi pasport rasmiylashtiriladi.

 

Oʻzbekiston yoki boshqa davlat fuqaroligiga mansubligi aniqlanmagan hollarda MvaFRB uning shaхsini tasdiqlovchi vaqtinchalik ma’lumotnomani beradi va mahalliy hokimiyat bilan birgalikda doimiy propiskani rasmiylashtirish hamda yashash guvohnomasini hujjatlashtirish choralarini koʻradi.

 

Shaхs Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansub deb topilganda, ushbu shaхsga doimiy propiskada turgan manzilidagi ichki ishlar organi tomonidan pasport rasmiylashtirib beriladi.

 

Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхslarni reabilitatsiya qilish markazlari toʻgʻrisida nizomga muvofiq muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхslarning fuqarolik pasportlarini rasmiylashtirish uchun davlat bojlari MvaFRB talabnomasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjet mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.

 

MJTKning 21 va 3081-moddalariga asosan MvaFRB pasport yoki yashash guvohnomasini rasmiylashtirishda muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхslarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish toʻgʻrisida taqdimnoma bilan sudga murojaat qiladi. Sud ishdagi holatlardan kelib chiqib, shunday qaror qabul qilishi yoki taqdimnomani qanoatlantirishni rad etishi mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.06.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Anvar Irkaхodjayev.