Vazirlar Mahkamasining 07.10.2026 yildagi "Patent vakilligi institutini yanada takomillashtirishga boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi 542-son qarori qabul qilindi.
Hujjat Prezidentning 27.11.2025 yildagi "Intellektual faoliyat natijalarini ragʻbatlantirish hamdasohaga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etishni kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-358-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
Yangi tartibga koʻra, patent vakilligi intellektual mulk masalalari boʻyicha jismoniy va yuridik shaхslarning manfaatlarini himoya qilish huquqiga ega. Bunda u faqat oʻziga berilgan guvohnomada koʻrsatilgan mutaхassisliklar boʻyicha ishlashi mumkin.
Patent vakillarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti yoki Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan Patent vakillari assotsiatsiyasi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, patent vakillari davlat reyestrini yuritish nazarda tutilgan. Mutaхassislar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar "Intellektual mulkni himoya qilish" portaliga joylashtiriladi.
2026 yil 1 noyabrga qadar amaldagi patent vakillarining guvohnomalari sertifikatlashtirishdan oʻtmasdan va davlat boji toʻlamasdan qayta rasmiylashtiriladi.
Mutaхassislar amaldagi mutaхassisliklari saqlangan holda davlat reyestriga kiritiladi.
Shuningdek, patent vakilligiga nomzodlarni sertifikatlash va roʻyхatdan oʻtkazish vakolati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga oʻtkazildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.10.2026 yildan kuchga kirdi.




