Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Patent vakilligiga nomzodlarni hamda patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi

01.04.2021

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirligi tomonidan Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va roʻyхatdan oʻtkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (AV roʻyхat raqami 3203-1, 29.03.2021 y.).

 

Birinchidan, malaka komissiyasining vakolatlari qisqartirildi. Endi komissiya:

  • malaka imtihoni savollarini tasdiqlaydi;
  • malaka imtihonini oʻtkazadi;
  • nomzod yoki patent vakilini attestatsiyadan oʻtkazish yoхud attestatsiyadan oʻtkazishni rad etish haqida qaror qabul qiladi (ilgari – komissiya tomonidan nomzod yoki patent vakilini malaka imtihoniga kiritish haqidagi va boshqa qarorlar qabul qilingan).

Shuningdek belgilanishicha, malaka imtihoni jarayoni audio va videoyozuvda yoziladi, shuningdek Intellektual mulk agentligining rasmiy veb-saytida real vaqt rejimida translyatsiya qilinadi (9-b.). 

 

Ikkinchidan, hujjatlarni qabul qilishga doir oʻzgartirishlar kiritildi. Patent vakilligiga nomzod va patent vakili tasdiqlangan shakllardagi attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizani malaka komissiyasiga elektron shaklda topshiradi (mazkur shakllar tegishincha, 1 va 2-ilovalarda keltirilgan, yangi tahrirda qabul qilingan). Arizaga respublika hududida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olinganligi toʻgʻrisidagi belgi mavjud boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik pasporti yoki ID-kartasi nusхasi va boshqa hujjatlar ilova qilinadi.

 

Uchinchidan, malaka imtihonini oʻtkazish jarayoni belgilandi. Xususan, malaka imtihoni suhbat shaklida oʻtkaziladi, savollarga javoblarni tayyorlash uchun 30 daqiqa beriladi. Malaka imtihoni savollari quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tuzilishi haqidagi band kiritildi (29¹-b.):

  • intellektual mulk huquqiga oid umumiy qoidalar;
  • sanoat mulkiga oid Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi;
  • sanoat mulki sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari.

Malaka komissiyasi tomonidan tasdiqlangan savollar Intellektual mulk agentligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni inobatga olgan holda davriy ravishda qayta koʻrib chiqiladi.

 

Hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2021 yildagi «Intellektual mulk ob’yektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4965-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.

 

Boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.03.2021 yildan kuchga kirdi.



                                                                                                                 Nargiza Vo
hidova.