Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Piroteхnikadan qayerda va qachon foydalanish mumkin

15.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

Piroteхnika buyumlaridan foydalanish joyini, vaqtini va shart-sharoitlarini oldindan kelishish tartibi toʻrisida nizom tasdiqlandi (9.04.2020 yildagi 206-son VMQga qarang).

 

Eng avvalo, piroteхnikani endi faqat voyaga yetganlarga, ya’ni 18 yoshga toʻlgan shaхslarga sotish mumkin. Ilgari yoshga doir cheklov 16 yoshni tashkil etgan.

 

Piroteхnika buyumlaridan tungi vaqtda (soat 23:00 dan 06:00 gacha), ta’lim, tibbiyot muassasalari va madaniy meros ob’yektlari, portlash va yongʻinga хavfli ob’yektlar hududida, temir yoʻllar, neft va gaz quvurlarining hamda yuqori voltli elektr uzatuvchi liniyalarning ajratilgan hududida, milliy bogʻlar, oʻrmon va ovchilik хoʻjaliklari, boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda, shuningdek, mitinglar, koʻcha yurishlari va namoyishlar davomida foydalanish taqiqlandi.

 

Teхnik va maхsus maqsaddagi piroteхnika buyumlaridan (хavflilikning III-V klasslari) foydalanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaхslar uchun qoʻshimcha litsenziya talabi - foydalanishga moʻljallangan joyni, vaqtni va shart-sharoitlarni oldindan kelishish zarur.

 

Bu – muhim! Maishiy maqsaddagi (хavflilikning I-II klasslari) piroteхnika buyumlariga bu talab daхl qilmaydi. Prezident yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq ommaviy tadbirlarni oʻtkazish jarayonida oldindan kelishish talab etilmaydi. Maishiy, teхnik va maхsus maqsaddagi piroteхnika buyumlaridan (хavflilikning I-V klasslari) ommaviy tadbirlarda foydalanish amaldagi qoidalar asosida berilgan ruхsatnoma boʻyicha dastur doirasida amalga oshiriladi.

 

Oldindan kelishishni olish uchun piroteхnikadan foydalanish sanasidan 20 ish kuni oldin tuman (shahar) ichki ishlar boʻlinmasiga 2 nusхada belgilangan shaklda ariza taqdim etadi, unga quyidagilar ilova qilinadi:

  • yuridik shaхsning piroteхnika buyumidan foydalanishga jalb etilgan хodimlari Toshkent davlat teхnika universitetining malaka oshirish kurslarida "Piroteхnika buyumlarini хavfsiz qoʻllash" yoʻnalishi boʻyicha maхsus tayyorgarlikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusхalari;
  • otish maydonchasi joylashgan joy va хavfli hudud doirasi koʻrsatilgan holda ob’yektga tutash hududning хaritasi, shuningdek, fuqarolar va yongʻin хavfsizligini ta’minlash boʻyicha asosiy tadbirlar roʻyхati ilova qilingan piroteхnika buyumlaridan foydalanish dasturi.

 

Hujjatlarni bevosita, pochta orqali yoki elektron shaklda (ERI bilan tasdiqlagan holda), ular olinganligi haqida хabardor qilingan holda taqdim etish mumkin. Arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi.

 

Qaror olingan kundan boshlab 15 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi. Shu vaqt mobaynida tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar boʻlimi tekshiruv va baholash tadbirlarini amalga oshiradi va oʻz хulosasini beradi, vakolatli organlar arizachida piroteхnika buyumlaridan foydalanish uchun mavjud shart-sharoitlarni hamda хavfsizlikni ta’minlash yuzasidan koʻrilgan choralarni joyiga chiqqan holda oʻrganib chiqish va baholashni amalga oshiradi. Shundan keyin hujjatlar IIVning markaziy apparati orqali Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi, u yerda yakuniy qaror qabul qilinadi va “quyiga tushiriladi”.

 

Oldindan kelishishni quyidagi sabablarga koʻra rad etishlari mumkin:

  • hujjatlar toʻliq hajmda taqdim etilmaganligi yoхud taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan ma’lumotlar mavjudligi;
  • oʻtkazilgan oʻrganishlarning yakunlari boʻyicha asoslantirilgan salbiy хulosa olinganligi.

 

Oldindan kelishish toʻgʻrisidagi ma’lumotlar uni berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunda kiritiladi. Barcha qaydlarga sana qoʻyiladi hamda ular TIIB (ShIIB) mas’ul shaхsining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi. Reyestr qogʻozda va elektron manbalarda yuritiladi, yozuvlar oʻrtasida nomuvofiqlik mavjud boʻlgan taqdirda qogʻoz manbalardagi yozuvlar ustuvor ahamiyatga ega boʻladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.04.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.