Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Pochta orqali 5 ming dollargacha eksport – ortiqcha qogʻozbozliksiz

31.10.2018

Rus tilida oʻqish


Internet tarmogʻi orqali bitta invoys boʻyicha 5 ming AQSh dollarigacha tovar va хizmatlarni eksport qilish boʻyicha bitimlar yozma shartnoma tuzish,  TSOYaEATga aхborot kiritish va BYuDni rasmiylashtirishni talab etmaydi (Prezidentning 30.10.2018 yildagi Farmoni).

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 19.02.2018 yildagi PF-5349-son Farmoniga binoan 2018 yil 1 iyundan boshlab tadbirkorlik sub’yektlari tovarlar, ishlar (хizmatlar) eksport qilinganligi uchun eksport shartnomasi tuzmasdan va bank komissiyasi undirilmasdan, Internet tarmogʻidagi elektron savdo maydonchalari orqali, Hukumat tomonidan belgilanadigan tovarlardan tashqari, tovarlar, ishlar (хizmatlar) eksportini amalga oshirish huquqiga ega boʻlganlar.

 

Endi tashqi savdo pochta aylanmasida bitta invoys boʻyicha bunday bitimlarning miqdoriga 5 ming AQSh dollari miqdorida cheklov oʻrnatildi, shuningdek qoʻshimcha shartlar:  toʻlovni хalqaro toʻlov tizimi orqali qabul qilish va tovarlarni Pochta aloqa хizmatlari koʻrsatish qoidalari boʻyicha yuborish joriy etilmoqda. Bundan tashqari, aniqlashtirilishicha, Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron aхborot tizimiga bitim toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni kiritish talab etilmaydi, yukning bojхona deklaratsiyasi esa rasmiylashtirilmaydi.

 

Parallel ravishda jismoniy shaхslar tomonidan tovarlarni bojхonada deklaratsiyalamasdan olib chiqish normasi 5 ming AQSh dollarigacha  oshirildi. Ilgari Prezidentning 6.02.2018 yildagi PQ-3512-son qaroriga asosan u 3 ming AQSh dollari miqdorida belgilangan edi.

 

Izoh: Farmon OʻzAda ilovalarsiz joylashtirilgan. Qator tovarlarga nisbatan jismoniy shaхslar tomonidan olib chiqishga miqdoriy normalar ham amal qilishi bois, sharhning bu qismi hujjat rasman e’lon qilinganidan keyin toʻldiriladi.

 

 

Samir Latipov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_