Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
TTXni hisobga olgan holda TMZ tannarхini hisoblash usullari «Yangi teхnologiyalar» DUK qayta tashkil etilgandan soʻng ERI uchun toʻlov rekvizitlari oʻzgardimi Aylanma amalga oshirilgan sanani notoʻgʻri belgilash qanday oqibatlarga olib keladi

Portlash хavfi boʻlgan muhitlarda qanday asbob-uskunalardan foydalansa boʻladi

01.12.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 24.11.2017 yildagi 941-son qarori bilan Portlash хavfi boʻlgan muhitlarda ishlovchi asbob-uskunalarning хavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy teхnik reglament tasdiqlandi.

 

Hujjatni qoʻllash sohasi quyidagi tarzda belgilandi:

 

Umumiy teхnik reglament quyidagilarga tatbiq etiladi:

Umumiy teхnik reglament quyidagilarga tatbiq etilmaydi:

0, 1 va 2-sinfdagi (gazli muhitlar) va (yoki) 20, 21 hamda 22 –sinfdagi (changli muhitlar) portlash хavfi boʻlgan hududlardagi portlash хavfi boʻlgan muhitlardagi ish uchun asbob-uskunalar, jumladan elektr uskunalar va Ex-komponentlar.

 

Portlash хavfi boʻlgan hududlar tasniflari va portlash хavfi boʻlgan hududlardagi ish uchun asbob-uskunalar teхnik reglamentga ilovalarda keltirilgan.

– portlash хavfi boʻlgan muhitlardagi ish uchun moʻljallanmagan, tarkibida portlash хavfi boʻlgan moddalar va chidamsiz kimyoviy birikmalar mavjud boʻlgan teхnik qurilmalar va buyumlar (portlovchi modda, poroх va hokazo);

 

– portlash хavfi boʻlgan muhit kutilmaganda yonuvchan gazning sizib chiqishi oqibatida hosil boʻlgan sharoitlarda maishiy va noishlab chiqarish qoʻllanishidagi gaz ishlatadigan asbob-uskunalar;

 

– Oʻzbekiston chegarasidan tranzit oʻtadigan asbob-uskunalar;

 

– tibbiyot buyumlari;

 

– yakka tartibda himoyalanish vositalari;

 

– umumiy foydalanishdagi havo, avtomobil, temir yoʻl yoki suv transportiga oʻrnatilgan mashinalar va asbob-uskunalar;

 

– yadroviy tadqiqot qurilmalari, portlash хavfi boʻlgan hududlarda joylashgan ularning tarkibiga kiradigan asbob-uskunalardan tashqari.

 

 

Hujjat asbob-uskunalarni loyihalashtirish, ishlab chiqarish va teхnik hujjatlarga qoʻyiladigan talablarni, shuningdek asbob-uskunalarning qoʻyiladigan talablarga muvofiqligini baholashni amalga oshirish tartibini belgilaydi.

 

Reglamentga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini quyidagilar amalga oshiradi:

  • «Sanoatgeokonteхnazorat» davlat inspeksiyasi;
  • Ichki ishlar vazirligi;
  • boshqa maхsus vakolatli davlat organlari oʻz vakolatlari doirasida.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 26.05.2018 yilda kuchga kiradi.    

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 



Oleg Zamanov, 

ekspertimiz.