Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Poytaхt ichimlik suvi ta’minotiga 218 mln yevrodan ziyod mablagʻ yoʻnaltiriladi

23.11.2022

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 18.11.2022 yildagi  “Toshkent shahri ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimini transformatsiya qilish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-428-son Qarori imzolandi.

 

Ma’lumot uchun: 2020 yilda Uy-joy qurilish vazirligi, shahar hokimiyati,“Toshkent shahar suv ta’minti” MChJ va Fransiyaning «SUEZ  International SAS» kompaniyasi oʻrtasida “Toshkent shahri ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimini transformatsiya qilish”loyihasi (keyingi oʻrinda – Loyiha ) boʻyicha 7 yil davomida amal qiladigan birgalikda boshqarish toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan.

 

Hujjatga muvofiq Loyiha qiymati 218 mln yevroni tashkil etadi, shundan 154,5 mln yevro Fransiya gʻaznachiligi va Yevropa banklari, 64,3 mln yevro – Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan moliyalashtiriladi.

 

Shuningdek, Loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan koʻrsatkichlar tasdiqlandi:

  • jismoniy shaхs boʻlgan iste’molchilarning barcha toifalari uchun ichimlik suv iste’molining nazorati va hisobini yuritish boʻyicha masofadan ma’lumot uzatuvchi 673 mingta “aqlli” suv hisoblagich oʻrnatish;
  • ichimlik suv ta’minoti tizimida suv yoʻqotishlarini 12 %ga kamaytirish;
  • ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv ta’minoti bosh rejalarini ishlab chiqish.

 

Shuningdek, Loyihani amalga oshirish doirsida hosil boʻladigan QQS summasi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar mablagʻlari hisobidan toʻlanadi, toʻlangan QQS summasi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.

  

Hujjat Qonun hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.11.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.