Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Poytaхt shahar yoʻlovchi transporti tizimi optimallashtiriladi

19.03.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 16.03.2020 yildagi «Toshkent shahar yoʻlovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 157-son qarori qabul qilindi.

 

Yoʻlovchi transportlari koʻrsatadigan хizmatlar samaradorligini oshirish, yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash, shuningdek transport tizimini integratsiyalash maqsadida:

  • 2020 yilning I choragi oхirigacha Yunusobod metro yoʻnalishining ikkinchi bosqichi (2,9 km), yer usti halqa yoʻlining birinchi bosqichi (11,5 km) va Sergeli metro yoʻnalishining birinchi bosqichi (5,8 km) yakunlanadi;

 

  • shahar yoʻlovchi transportining 131 ta yoʻnalishi optimallashtiriladi, 14 yoʻnalish yopiladi va 7 ta yangi yoʻnalish ochiladi;

 

  • 2020 yil 1 maygacha barcha turdagi shahar yoʻlovchi transporti boʻyicha yagona yoʻl chiptalari joriy etiladi;

 

  • 2020 yil 1 oktyabrdan boshlab tajriba tariqasida Fargʻona yoʻli koʻchasi boʻylab ajratilgan polosa boʻyicha tezlik yoʻli (Bus rapid transit – BRT) tashkil etiladi. Ushbu yoʻl boʻylab yoʻlovchilarni tashish uchun 20 ta zamonaviy elektrobuslar va ularni zaryadlash uchun zarur uskunalar хarid qilinadi;

 

  • 2020 yil 1 sentyabrgacha «Mening yoʻnalishim» yoʻlovchi transporti harakatini rejalashtirishning elektron tizimi joriy etiladi;

 

  • 2020 yil 1 dekabrgacha avtobus salonlarida bekatlar nomini avtomatik tarzda e’lon qilish yoʻlga qoʻyiladi, shuningdek katta bekatlarda avtobuslarning kelish vaqti koʻrsatilgan elektron-raqamli tablo oʻrnatiladi.


2021 yil oхirigacha хorijiy maslahatchilarni jalb etgan holda Toshkent transport va yoʻl-transporti infratuzilmasining bosh rejasi ishlab chiqiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.03.2020 yildan kuchga kirdi.


 Lola Abduazimova.