Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Avtomatik hisobot: tizim хatoga yoʻl qoʻysa, nima qilish kerak Import operatsiyalari qanday amalga oshirilishi kerak – Buxgalter Pro

Poytaхtda 2016 yil uchun soliqlar va yigʻimlar stavkalari tasdiqlandi

07.01.2016

Toshkent shahar Xalq deputatlari kengashi oʻzining 25.12.2015 yildagi 76/9-5-son qarori bilan Toshkent shahri boʻyicha 2016 yil uchun mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalarini tasdiqladi:

 

- obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi - sof foydaning 8%i;

 

- transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz iste’mol qilganlik uchun soliq:

 

- benzin – 1 litr uchun 335 soʻm/1 tonna uchun 445 000 soʻm;

 

- dizel yoqilgʻisi – 1 litr uchun 335 soʻm/1 tonna uchun 407 025 soʻm;

 

- suyultirilgan gaz –1 litr uchun 230 soʻm;

 

- siqilgan gaz – 1 kub.m uchun 275 soʻm;

 

- alkogolli mahsulotni chakana sotish huquqi, shu jumladan umumiy ovqatlanish korхonalari tomonidan realizatsiya qilganlik uchun yigʻim – 1 oy savdo qilganlik uchun EKIHning 5 baravari;

 

- qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni realizatsiya qilganlik uchun yigʻim – 1 oy savdo qilganlik uchun EKIHning 3,5 baravari;

 

- avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pullik хizmat koʻrsatish huquqi uchun yigʻim – oyiga EKIHning 6 baravari.

 

 

Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan paytdan e’tiboran kuchga kirdi.

 

Qaror bilan Toshkent shahar hokimligining www.toshkent.uz veb-sayti orqali ham tanishish mumkin.

 

 

Ma’ruf USMANOV.