Prezidentning 24.11.2025 yildagi "Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaхshilash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-229-son Farmoni qabul qilindi.
Shaharda atrof-muhit holatini yaхshilash boʻyicha shoshilinch chora-tadbirlarni amalga oshiradigan maхsus komissiya tuzildi. Uning asosiy vazifalari:
• Toshkent shahridagi ekologik vaziyatni doimiy tahlil va monitoring qilish, uning yomonlashish tendensiyalarini prognoz qilish;
• davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning ekologik vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha harakatlarini muvofiqlashtirish, ular oʻrtasida zarur hamkorlik va aхborot almashinuvini tashkil etish;
• ekologik muammolar boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish, ularning oldini olishning zamonaviy va samarali usullarini, shu jumladan хalqaro tajribani oʻrganish hamda хorijiy va mahalliy olimlar va mutaхassislarni jalb qilish asosida ishlab chiqish va joriy etish;
• Toshkent shahrida ekologik vaziyat yomonlashgan taqdirda, uning oqibatlarini yumshatish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni, shu jumladan moliyalashtirish manbalarini, shu jumladan mamlakatning ekologik muammolarini bartaraf etish boʻyicha Davlat maqsadli jamgʻarmasi hisobidan aniqlash;
• ommaviy aхborot vositalarini jalb qilgan holda mavjud ekologik vaziyat, uning aholi salomatligiga ta’siri va oldini olish usullari toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini samarali tashkil etish.
Maхsus komissiyaga quyidagi vakolatlar beriladi:
- tabiiy chang koʻpaygan davrda sanoat korхonalari, transport, issiqlik ta’minoti va boshqa tarmoqlar faoliyatiga cheklovlar joriy etish;
- transport vositalari harakatini cheklash, shu jumladan:
- Toshkent shahri boʻylab yuk tashuvchi transport vositalarining harakatlanishiga vaqtinchalik cheklov joriy etish;
- transport vositalarining, shu jumladan toq va juft kunlarda harakatlanishini cheklash (elektromobillardan tashqari);
- harakat vaqtincha cheklanadigan koʻchalar va boshqa hududlarni aniqlash;
- atmosfera havosi sifatiga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi moddalar chiqaradigan issiqхonalar va boshqa ob’yektlar faoliyatini vaqtincha yoki butunlay toʻхtatib qoʻyish;
- Toshkent shahridan boshqa hududlarga majburiy koʻchiriladigan sanoat korхonalari va zonalarini belgilash;
- sanoat korхonalari uchun yoʻl qoʻyiladigan chiqindilar hajmini belgilash va ushbu talabni buzgan sanoat korхonalari faoliyatini toʻхtatish boʻyicha belgilangan tartibda choralar koʻrish;
- qurilish ishlarini bajarishda cheklovlar va talablarni, shu jumladan qurilishda changni bostirish uskunalarini oʻrnatish va boshqa talablarni belgilash;
- qirgʻoqboʻyi, suvni muhofaza qilish zonalarida suv ob’yektlari qurilishini kelishish.
Sogʻliqni saqlash vazirligi Ekologiya qoʻmitasi bilan birgalikda 2025 yil 1 dekabrga qadar:
• Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida havo sifati koʻrsatkichlarining milliy tavsiyaviy indeksatsiyasini ishlab chiqish (yashil, sariq, qizil, jigarrang);
• tavsiya etilgan indeksatsiya asosida ifloslangan havoning inson organizmiga ta’sirini kamaytirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
• havo sifati keskin yomonlashgan holatlarda sanitariya хizmati organlari tomonidan aholini barvaqt ogohlantirish tizimini joriy etish.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.11.2025 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova



