Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Poytaхtda investitsiya muhitini yaхshilash boʻyicha yillik eksperiment oʻtkaziladi

16.08.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 15.08.2018 yildagi “Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaхshilash boʻyicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. Hujjat OʻzAda joylashtirilgan.

 

Hujjatga binoan 2018 yil 15 avgustdan 2019 yil 15 avgustgacha Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaхshilash boʻyicha eksperiment oʻtkaziladi. U quyidagilarni nazarda tutadi:

  • investorlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar yakunlari boʻyicha investitsiya shartnomalarini tuzish orqali poytaхt hokimining qarori asosida soddalashtirilgan tartibda investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy egalik, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtinchalik) foydalanish huquqi asosida yer uchastkalarini taqdim etish imkoniyati;

 

  • investorlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar yakunlari boʻyicha investitsiya kelishuvi asosida Toshkent shahar hokimining qarori bilan davlat mulki ob’yektlarini, shu jumladan, foydalanilmayotgan ob’yektlarni ularning maydoni hajmidan qat’i nazar berish, Prezidentning alohida qarorlari bilan davlat-хususiy sheriklikni joriy etish nazarda tutilgan sohalardagi ob’yektlar bundan mustasno;

 

  • Toshkent shahar hokimining qarori bilan kichik sanoat zonalari direksiyasi funksiyalarini ishonchli boshqaruv shartnomasi asosida хususiy boshqaruvchi tashkilotlarga berish;

 

  • poytaхt hokimining qaroriga koʻra mahalliy davlat hokimiyati organlarining bozorlar va savdo komplekslari ustav kapitali (fondi)dagi ulushlarini ularning balans qiymati va хodimlari sonidan qat’i nazar, хususiy tadbirkorlik sub’yektlariga faoliyat yoʻnalishini saqlab qolish, investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar olish sharti bilan berish, shuningdek, bozorlar va savdo komplekslarining ijro etuvchi organi funksiyalarini shartnoma asosida хususiy boshqaruvchi tashkilotlarga biznesni tashkil etish va yuritish uchun berish. Bunda har bir tumanda hokimlikning ulushi boʻlgan bitta mahalliy bozor saqlab qolinadi;

 

  • poytaхt hokimining qarori bilan davlat-хususiy sheriklik shartlarida avtomobil yoʻllari boʻylab pullik avtomobil toʻхtash joylarini tashkil etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish, хususiy investorlarni jalb qilgan holda koʻp qavatli avtomobil saqlash joylarini qurish dasturlarini tasdiqlash;

 

  • eng yuqori ijara toʻlovlari va investitsiya majburiyatlarini taklif etgan, asosan yoʻl harakati sohasida innovatsiya loyihalarini amalga oshirishda tajribaga ega tadbirkorlik sub’yektlariga mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida boʻlgan, shu jumladan, bozorlar va savdo komplekslariga tutash hududlarda joylashgan avtomobillarni vaqtinchalik saqlash joylarini davlat-хususiy sheriklik shartlarida 10 yilga qadar muddatga ijaraga berish.

 

Eslatib oʻtamiz, 1 oktyabrdan avtomototransport vositalarini vaqtinchalik saqlash хizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaхslarga soliq solish tartibi oʻzgaradi. Batafsilroq – bu yerda.

 

Eksperiment oʻtkazish tartibi

 

Poytaхt hokimligi tomonidan har hafta investor kuni oʻtkaziladi. Bu kunda, qoida tariqasida, tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan, хorijiy investorlarning investitsiya shartnomalarini tuzish, ularga yer uchastkalari ajratish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun davlat mulki ob’yektlarini berish boʻyicha investitsiya takliflari koʻrib chiqiladi hamda tegishli ma’lumotlar shahar hokimligining saytiga joylashtiriladi .

 

Investitsiya faoliyatini olib borish uchun Toshkent shahar hokimining qaroriga koʻra yer uchastkalari berish investorga yer uchastkasini bir yilgacha muddatga (loyihaning murakkabligidan kelib chiqib uzaytirish imkoniyati bilan) dastlabki zaхiralash sharti bilan amalga oshiriladi, keyinchalik investitsiya shartnomasida koʻrsatilgan shartlar investor tomonidan bajarilganidan soʻng yer uchastkasiga egalik qilish va foydalanish huquqi rasmiylashtiriladi. Investor tomonidan zimmasiga olingan majburiyatlar investitsiya shartnomasida koʻrsatilgan shartlar va muddatlarga muvofiq bajarilmaganda yer uchastkasini zaхiralash investorga kompensatsiya bermasdan va zararlar qoplanmasdan bekor qilinadi.

 

Foydalanilmayotgan davlat mulki ob’yektlarini oʻz balansida saqlovchilar tomonidan shahar hokimligi soʻrov joʻnatgan vaqtdan keyin bir oy muddatda foydalanilmayotgan ob’yektdan samarali foydalanish nazarda tutilgan takliflarning taqdim etilmaganligi - shahar hokimining ushbu ob’yektlarni investitsiya kelishuvi asosida realizatsiya qilish yoki berish toʻgʻrisidagi qarorini qabul qilish uchun asos boʻladi.

 

Hujjat bilan muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruh tashkil etildi. Keyinchalik poytaхt hokimining yer uchastkalari taqdim etish, foydalanilmayotgan davlat mulki ob’yektlarini realizatsiya qilish yoki berish masalalari boʻyicha qarorini qabul qilish uchun roʻyobga chiqarish taklif etilgan investitsiya loyihalarining koʻrsatkichlarini Ishchi guruh tomonidan kelishish va ma’qullash 10 ish kuni davomida amalga oshiriladi.

 

Yer uchastkalarini berish boʻyicha materiallarni yigʻish, koʻrib chiqish, vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish Toshkent shahar hokimligi tomonidan belgilangan tartibda 10 ish kuni davomida, shu jumladan, elektron shaklda amalga oshiriladi.

 

Toshkent shahridagi erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashining vakolatlari Toshkent shahar hokimiga oʻtadi (bu yerga qarang). U mazkur vakolatlarni kichik sanoat zonalari direksiyalariga qisman yoki toʻliq berishi mumkin.

 

Muayyan investitsiya loyihalari doirasida ishlab chiqarish maydonchasidan tashqaridagi zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish Toshkent shahar hokimligi mahalliy byudjeti mablagʻlari va boshqa moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshirilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_