Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Poytaхtda vaqtinchalik propiska olish taomili soddalashtirildi

26.12.2017


Vazirlar Mahkamasining 20.12.2017 yildagi 1001-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisida nizomga (16.02.2012 yildagi 41-son VMQga 1-ilova) oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi. 

 

Endilikda Toshkent shahar va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa hududlaridan хizmat safari, mehnat ta’tili, malakasini oshirish, davolanish munosabati bilan kelgan fuqarolar vaqtincha turgan joyi boʻyicha hisobda turish uchun notarial tasdiqlangan turar joyning ijara shartnomasini yoki turar joydan tekin foydalanish shartnomasini tuzmasalar ham boʻladi. Buning oʻrniga ular yuqorida koʻrsatilgan maqsadlarda kelganliklarini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari mumkin.

 

Eslatib oʻtamiz, yaqin qarindoshlar va ularning oila a’zolarini hisobga qoʻyishda ham shartnoma talab etilmaydi (batafsil – bu yerda).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 23.12.2017 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Samir Latipov.