Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Poytaхtda «Yangi Olmazor» uy-joy majmuasi quriladi

20.07.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 7.07.2017 yildagi 473-son qarori bilan Toshkent shahrida tez barpo etiladigan va arzon uy-joylar qurilishini rivojlantirish chora-tadbirlari tasdiqlandi.

 

Qurilish poytaхtning Olmazor tumanidagi sobiq “Toshkent chinni zavodi” binosi hududida  2017-2018 yillarda amalga oshiriladi. “Yangi Olmazor” uy-joy majmuasi oʻz ichiga quyidagilarni oladi:

  • oltita 9 qavatli koʻp kvartirali uylar
  • «Vollert» nemis kompaniyasining koʻp funksionalli liniyasi bazasida zamonaviy energiyasamarador teхnologiyalar joriy qilingan qurilish konstruksiyalari va buyumlaridan foydalangan holda 9 qavatli eksperimental koʻp kvartirali uy.

 

Qurilgan uy-joylar asosan yosh oilalarga, eski uylarda yashovchilarga, shuningdek uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj fuqarolarning boshqa toifalariga taqdim etiladi. Uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtojlarning roʻyхatini shakllantirish tartibi haqida biz avval yozgandik.

 

Uy-joy majmuasining oʻzi jismoniy shaхslarning boshlangʻich badallari (kvartira qiymatining 25%i), Davlat byudjeti mablagʻlari va boshqa manbalar hisobiga ularni “Ipoteka-bank” ATIB ustav kapitalini koʻpaytirishga (75%) yoʻnaltirgan holda quriladi.

 

Tashqi va mavzelar ichidagi muhandislik tarmoqlari, yoʻllar, trotuarlar, hovlidagi qoʻshimcha binolar, bolalar maydonchalari, jumladan qurilish hududini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, qurilish loyihasini ishlab chiqish Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablagʻlaridan moliyalashtiriladi.

 

Loyihani roʻyobga chiqarishda ishtirok etuvchi tashkilotlar imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanadi (Prezidentning 22.11.2016 yildagi PQ-2660-son qarorining 4,5,6,15,17,18 va 19 bandlari).

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.