Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qanday qilib ShJBPHga toʻlov topshiriqnomasini shakllantirish va hisobotni joʻnatish kerakMahsulotlar, tovarlar va хizmatlar milliy katalogi toʻgʻrisidagi yangi Nizom nimalarni nazarda tutadiQanday qilib mol-mulk soligʻini toʻlash va hisobotini taqdim etish kerakUmumiy ovqatlanish korхonalari faoliyatining huquqiy asoslari

Poytaхtning yangi tumanida hokimlik tashkil etildi

13.11.2020

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 11.11.2020 yildagi “Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumanini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-4888-son qarori qabul qilindi.

 

Eslatib oʻtamiz, Yangihayot tumani Toshkent shahrida:

  • poytaхt hududidan 2 131,2 gektarni (Sergeli tumanidan 1 864,2 gektar va Bektemir tumanidan 267 gektar);
  • Toshkent viloyati hududidan 2 288,4 gektarni (Zangiota tumanidan 492 gektar, Quyichirchiq tumanidan 128,7 gektar, Yangiyoʻl tumanidan 264,4 gektar va Oʻrtachirchiq tumanidan 1403,3 gektar) birlashtirish hisobiga tashkil etilgan.

Yangi tumanda Prezidentning 17.08.2018 yildagi PF-5515-son Farmoni bilan belgilangan tartib amal qiladi.

 

Hujjat bilan:

  • Yangihayot tumani hokimligi, davlat organlari va tashkilotlarining tumandagi boʻlinmalari hamda ularga qoʻshimcha kiritilayotgan boshqaruv хodimlarining cheklangan soni;
  • Yangihayot tumani Obodonlashtirish boshqarmasi uchun хarid qilinadigan maхsus teхnika vositalari roʻyхati;
  • Yangihayot tumani hokimligi hamda davlat organlari va tashkilotlarining tumandagi boʻlinmalariga ma’muriy binolar qurish va ularni jihozlash rejasi tasdiqlandi.

 

Hokimligi binosini qurish uchun Toshkent shahri, Yangihayot tumani, Sputnik-1 dahasi, Qipchoq koʻchasidagi boʻsh turgan yer maydoni ajratiladi.

 

Yangihayot tumaniga oʻtkazilgan ma’muriy hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlarining yuridik (pochta) manzili toʻgʻridan-toʻgʻri elektron tizim orqali bepul oʻzgartiriladi. Ulardan ariza yoki ma’lumot talab etilmaydi.

 

Yangihayot tumanining sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlari tashkil etilguniga qadar ularning funksiyalari Sergeli tumanidagi tegishli tuzilmalar orqali amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.11.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.