Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Prezident 113 nafar mahkumni afv etdi

28.08.2020

Rus tilida oʻqish

 

Davlatimiz rahbari “Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qat’iy oʻtgan bir guruh shaхslarni afv etish toʻgʻrisida”gi Farmonni imzoladi.

 

Eslatib oʻtamiz, bunday huquq Konstitutsiyaning 93-moddasi 23-bandiga muvofiq Prezidentga tegishlidir. Hujjat Vatanimiz mustaqilligi e’lon qilinganining 29 yilligini nishonlash arafasida qabul qilindi.

 

Farmon bilan quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutilgan:

  • 5 nafar kishi asosiy jazodan ozod etildi;
  • 53 nafar kishi - jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi;
  • 15 nafar kishining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi;
  • 40 nafar kishiga ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.

 

Afv etilganlarning 1 nafarini 60 yoshdan oshgan erkak, 2 nafarini chet davlat fuqarolari, 105 nafarini taqiqlangan tashkilotlar ishtirokchilari tashkil etadi.

 

Vazirlik va idoralarga afv etilgan shaхslarni oilasi va yaqinlari bagʻriga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shugʻullanishlari, sogʻlom turmush tarzini yoʻlga qoʻyib, jamiyatda munosib oʻrin topishlari uchun ularga koʻmak berish boʻyicha topshiriqlar berildi.